Nostrifikatsiya bo`yicha
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) masalalari bo‘yicha fuqarolar har haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlari soat 10-00 dan 16-00 gacha Davlat test markazi (DTM)da qabul qilinadi.
Hujjat egasi yoki manfaatdor tashkilot xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va ularning ekvivalentligini qayd etish haqidagi ariza (bevosita DTMda to‘ldiriladi) bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasini asl nusxasi;
- ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasini O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.
Ariza beruvchi, shuningdek, o‘z tayyorgarligi haqida boshqa hujjatlarni, jumladan, ta’lim olishning keyingi darajalari, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mumkinligi, amaliy tajriba haqidagi qo‘shimcha hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Tan olish va ekvivalentligini qayd qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan taqdim etilishi lozim. Lozim bo‘lgan hollarda DTM tomonidan tegishli o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlar so‘rab olinishi mumkin.
Hujjatlar DTM huzurida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashkil etiladigan ekspert komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ekspertiza davlat ta’lim standartlari, ta’lim muassasasini o‘zlari joylashgan davlatlarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish haqidagi hujjat, o‘quv rejalari, fan dasturlari, malaka tavsifnomalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki uni rad etish haqida tegishli qaror qabul qilinadi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra maxsus sinovlardan o‘tishi belgilangan talabgorlar uchun tegishli fanlardan maxsus sinovlar o‘tkaziladi.
Maxsus sinovlarda qatnashishga ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar DTM direktori nomiga o‘zlarining pochta indekslari, uy manzili, bog‘lanish telefoni, o‘qigan ta’lim muassasasining nomi, mutaxassisligi, DTMdan berilgan tilxat raqami hamda sinovni qaysi tilda topshirishini aniq ko‘rsatgan holda sinov o‘tkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin ariza berishlari lozim. Arizalar pochta yoki faks orqali ham yuborilishi mumkin. Ro‘yxatga kiritilgan talabgorlar pasport hamda DTMdan berilgan tilxatni shaxsan taqdim etgan holda sinovga qo‘yiladilar. Maxsus sinovlar soat 8-30 da boshlanadi.
Maxsus sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqt ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun belgilangan muddatga kirmaydi.
DTM manzili: Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
Telefon: (8-371) 234-46-83. Faks: (8-371) 234-71-84.
Internetdagi veb-saytimiz - www.dtm.uz
DIQQAT!
1. BOShLANG‘ICh TA’LIM, TARIX yo‘nalishlariga oid diplomlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari va ta’limga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi sababli nostrifikatsiya qilinmaydi (1991 yil 1 sentyabrga qadar o‘qishga kirganlar bundan mustasno).
2004 yil va undan keyin sirtqi bo‘limga o‘qishga kirgan fuqarolarning diplomlari nostrifikatsiya qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi
Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasiga
A R I Z A
_______ _Axmadalieva Gulnozaxon Anvarbekovna ___________________ ga
(hujjat egasining familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______ _______Qirg‘iz-O‘zbek universiteti__________________________________ dan
“ ____________ Matematika ____________________________” mutaxassisligi bo‘yicha
berilgan _144_ - qayd raqami bilan _№ CD 080180858 _____ - raqamli
_______oliy bakalavr ma’lumot _ ____________________ diplomi
(xorijiy davlatlar ta’lim to‘g‘risidagi hujjatining nomi)
Qirg‘iziston Respublikasi, Osh shahri, G.Aytieva ko‘chasi, 27 uy
Ind.: 723500 Tel.: (03222) 5-70-55 Faks: (03222) 5-39-95
___________________________________________________________________________________________________
(ta’lim muassasasining manzili, telefoni, faksi)
______01.08.2008 Osh shahri________________________________________________ning
(berilgan vaqti va joyi)
tan olinishini, ekvivalent ekanligini qayd etish (nostrifikatsiyalash)ni iltimos qilaman.
01.08.2008 Qirg‘iziston Respublikasi__
(sanasi va davlat nomi)
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
1. Qirg‘iz-O‘zbek universiteti ____________________da 2002 -2008___ yillarda
____sirtqi ___ shaklda o‘qib, “______Matematika _______” mutaxassisligi bo‘yicha
___2008 yilda berilgan __144_- qayd raqami bilan ______№ CD 080180858 _______-raqamli diplom va uning ilovasining asl nusxasi;
2. Diplom va uning ilovasining O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
3. Pasport nusxasi;
4. Kvitantsiya
5.
Ariza beruvchi: ____Axmadalieva G.A ______________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
_____________2012_y___ _____________________
( sana) (imzo)
Yashash manzilim:
Telefon raqami: