: Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
 HTTP PROXY,  http://dtm.uz?mod=news, - SafeWeber.ru
: 09.10.2014. 19:31.

SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar

RSS
  • Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

    Chet tilini bilish darajasini aniqlash boyicha navbatdagi test sinovlari otkazildi

     

    Joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikat berish maqsadida navbatdagi test sinovi Davlat test markazida o‘tkazildi. Mazkur test sinovida 41 nafar talabgorlar ishtirok etdi. Test sinovi natijasiga muvofiq 27 nafar talabgolar talablarni bajardi, ularga joriy yilning 7 oktyabr kunidan boshlab sertifikat beriladi.

     2014-10-07

    208

    to'liqroq
  • Umumiy orta va maktabgacha ta'lim muassasalarining 2013-2014 oquv yilidagi attestatsiya jarayoni haqida

    Umumiy orta va maktabgacha ta'lim muassasalarining 2013-2014 oquv yilidagi attestatsiya jarayoni haqida

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2013-2014 o‘quv yilida attestatsiyadan o‘tkazilgan 1804 ta maktabgacha va 1856 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan akkreditatsiyalandi. 

     2014-10-06

    148

    to'liqroq
  • Ilmiy-metodik kengashning yigilishi otkazildi

     

    2014 yil 3 oktyabr kuni Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda oliy ta'lim muassasalari attestatsiyasi natijalari hamda 2014-2015 o‘quv yili uchun bakalavr ta'lim yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari tahlili ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

     2014-10-03

    209

    to'liqroq
  • Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash boyicha test sinovlari otkaziladi

    Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash boyicha test sinovlari otkaziladi

     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 avgustdagi F-4116-sonli farmoyishi bilan Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyatini xalqaro tajriba, talab va standartlarni e'tiborga olgan holda xolisona reytingli baholash tamoyillari va ko‘rsatkichlarini tajriba sinovdan o‘tkazish maqsadida tuzilgan Ishchi komissiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

    Jumladan, yuqori bosqich talabalarining maxsus mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlarini va fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash orqali OTMda kadrlar tayyorlash sifatiga baho berish maqsadida 7000 nafardan ko‘proq bitiruvchi bosqich talabalari test sinovlaridan o‘tkazilishi kutilmoqda.

    Test sinovlariga jami 109 ta ta'lim yo‘nalishi va ularda o’qitiladigan 239 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlari tanlab olindi. Hozirda tayanch va turdosh OTMlar tomonidan har bir fandan test savollari bazasi shakllantirilmoqda.

    Test sinovlarini joriy yilning to’rtinchi choragida o‘tkazish rejalashtirilgan. 

     2014-09-29

    821

    to'liqroq
  • Ozbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun test sinovlari otkazidi

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini tanlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-soni qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Davlat test markazining 2014 yil 15 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun test sinovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 44/Q-Q, 18/QQ-sonli qo‘shma qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga da'vogarlardan  test sinovlari o‘tkazildi.

    Test sinovlari 2014 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tdi va unda  11 ixtisoslik bo‘yicha  jami 99 nafar bakalavriat  va magistratura talabalari  ishtirok etdi. 

     2014-09-25

    653

    to'liqroq
  • Pedagog xodimlariga malaka toifalari berilganligi togrisidagi guvohnomalar tarqatilmoqda

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog xodimlarga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnomalar hududiy boshqarmalar tomonidan tarqatilmoqda.

    Davlat test markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahar hududiy boshqarmalariga guvohnomalarni pedagog xodimlarga tarqatish uchun taqdim etdi.

     2014-09-23

    308

    to'liqroq
  • Attestatsiyadan otkazish jadvali tasdiqlandi

    O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2006   yil   10 fevraldagi 21-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2014 yilning 11 sentyabrida Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tmagan, attestatsiyadan shartli o‘tgan va attestatsiyaga jalb etilmagan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jadvali” tasdiqlandi.  

     2014-09-17

    1002

    to'liqroq
  • Ayrim fanlar chuqur organiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 5-sinfiga oquvchilarni qabul qilish uchun test sinovlarini otkazish

    Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 5-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 29 aprelda 1950-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq Davlat test markaziga yuklangan.

    Xalq ta'limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2014 yil 28 maydagi 188qb-sonli va 15/qb-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktab-internatlariga 2014-2015 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlangan.

    Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq test savollari ta'lim sohalari bo‘yicha mos ravishda matematika, ona tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladi. 5-sinf qabuli uchun ta'lim sohalari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi:

    filologiya: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

    ijtimoiy bilimlar: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

    ma'naviyat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli ;

    san'at: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

    matematika: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

    tabiiy bilimlar: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

    texnologiya: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

    sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli. Savollar kitobi va javoblar varaqasi namunasi ilova qilinadi.

    Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 5-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish uchun test sinovlari 2014 yil 12 – 15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

     2014-08-11

    8466

    to'liqroq
  • Abituriyentlar diqqatiga

    Hurmatli abituriyentlar! Sizlar test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishingiz uchun test sinovlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini, test jarayonida o‘zingizning vazifalaringiz, majburiyatlaringiz va huquqlaringizni aniq bilishingiz va test sinovlarini o‘tkazish tartibiga rioya qilishingiz talab etiladi.

    Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.

    Soat 8.30 dan 9.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

    Test boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari bo‘yicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.

    Abituriyent javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yo‘qligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson bo‘lganda darhol bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi.

    Abituriyent javoblar varaqasi berilgandan keyin abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini ko‘chirib yozadi. Shundan so‘ng, titul varaqasida ko‘rsatilgan ta’lim muassasasining kodi, maxsus kod va tanlov kodini javoblar varaqasiga ko‘chirib yozadi va tegishli doirachalarni bo‘yaydi.

    Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga ko‘chirilgan ta’lim muassasasi kodi, maxsus kod va tanlov kodini abituriyentning ta’lim tili, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona ma’lumot bo‘lganligi sababli, to‘ldirilmagan javoblar varaqasi bo‘yicha e’tirozlar qabul qilinmaydi.

    Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni yozib, imzo qo‘yadi. Agar abituriyent tomonidan ushbu ma’lumotlar kiritilmagan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuziladi va test sinovi bo‘yicha natija chiqarilmasligiga asos bo‘ladi.

    Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi.

    Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:

    72 savolga — 2 soat;

    108 savolga — 3 soat.

    Har bir savolga 4 tadan («A», «B», «C», «D») javoblar varianti berilgan bo‘lib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani belgilangan tartibda bo‘yashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas).

    Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi «Belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu javobga ball berilmaydi.

    To‘ldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

    Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.

    Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

    Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo‘shimcha 20 daqiqa ajratiladi.

    Abituriyenttomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

    Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi*.

    Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-sonli  qarorining 2-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga yuqoridagi tahrirda o‘zgartirish kiritilgan.

    Abituriyentlar diqqat qiling! Avvallari test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyentda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar mavjudligi aniqlansa, ulardan bu vositalar olib qo‘yilgan va o‘zlari binoga kiritib yuborilgan. 2012 yildan boshlab test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyentda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar mavjudligi aniqlansa ular binoga kiritilmaydi va tegishli dalolatnoma tuzilib, test jarayonidan chetlashtiriladi.  

    Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varag‘i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.

    Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

    Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi, sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlarda test materiallarisiz qavat bo‘yicha vakil kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.

    Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarga bo‘yash uchun qo‘shimcha berilgan yigirma daqiqalik vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda abituriyent savollar kitobi bilan ishlashni to‘xtatib, savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarni bo‘yashni boshlashi, qo‘shimcha ajratilgan vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni to‘xtatishi shart.

    Abituriyenttest savollari yoki test sinovlarini o‘tkazish jarayoni yuzasidan e’tirozlari mavjud bo‘lganda, test materiallarini topshirganidan so‘ng, shu kunning o‘zida qabul komissiyasi, Davlat test markazining ta’lim muassasasi yoki bino bo‘yicha vakili orqali Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

     

     2014-07-31

    49703

    to'liqroq
  • Saralash test sinovlari otkazildi

    Joriy yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 19 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2480 raqamli “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Yo‘riqnoma” asosida 22 ta akademik litsey va 104 ta kasb-hunar kollejlarida o‘tkazildi.

    Test sinovlariga jami 101940 abituriyent jalb etildi. Test sinovlarini joylarda sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun 697 nafar DTM vakillari, 10724 nafar auditoriya rahbari va kuzatuvchilari qatnashdi. 

     2014-07-20

    16813

    to'liqroq
  • Oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlari bolib otdi

    Joriy yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasiga qarashli jami 10 ta oliy harbiy ta'lim muassasasida test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshirildi.

    Test sinovlariga jami 8715 abituriyent jalb etildi. Test sinovlarini joylarda sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun 100 nafar DTM vakillari, 893 nafar auditoriya rahbari va kuzatuvchilari qatnashdi.

    Test sinovlari jarayonida abituryentlarga ta'lim yo‘nalishiga mos holda 3 ta blok umumta'lim fanlaridan iborat savollar kitobi taqdim etildi. Test topshiriqlarining umumiy soni 108 ta bo‘lib, ular umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta'kidlash joizki, matematika bloki savollari tarkibiga 6 ta informatika va axborot texnologiyalarga doir test topshiriqlari kiritilgan.

    Abituryentlarning uch soat vaqt davomida o‘zlarining umumta'lim fanlaridan olgan bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun auditoriyalarda yetarli shart-sharoitlar yaratildi. 

    Barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlari belgilangan tartib va qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda o‘tkazildi. 

     2014-07-11

    19291

    to'liqroq
  • 2014/2015 oquv yili qabul kvotasi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2014 yil 26 iyundagi PQ-2193-sonli qaroriga muvofiq 2014/2015 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida belgilangan.

    Shuningdek, bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 115 nafar, shundan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qo‘ng‘irot bo‘limining maxsus sirtqi bo‘limiga davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 50 ta, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 15 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 35 nafar miqdorida belgilangan.

    Shu bilan birga, magistrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul kvotasi 5000, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 1548 va to‘lov-kontrakt asosida 3452 nafar miqdorida belgilangan.

    2014-2015 o‘quv yilida ayrim yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar ochilmoqda. Jumladan, mazkur o‘quv yilida Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Qiymat injiniringi” (“ ”), Toshkent davlat agrar universitetida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” (“ ”) kabi yangi yo‘nalishlarga talabalar qabul qilinadi. 

    Joriy o‘quv yilida respublikamizdagi 57 ta oliy ta'lim muassasasida, 11 ta oliy ta'lim muassasalari filiallarida, shuningdek, Navoiy konchilik institutining Zarafshon va Olmaliq fakultetlari hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot bo‘limini hisoblaganda jami 71 ta ta'lim muassasasida test sinovlari o‘tkaziladi.

    Agar 2013 yilda 57 ta oliy ta'lim muassasalariga abiturientlardan tushgan arizalar soni jami 480407 ta bo‘lib, shu jumladan, kunduzi bo‘limga 480163 ta, sirtqi bo‘limga 244 ta hujjat qabul qilinib, respublika bo‘yicha o‘rtacha tanlov 8,5 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 500000 dan ortiq abituriyentlarning hujjat topshirishi kutilmoqda.

    Davlat test markazida bu yilgi test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Jumladan, 1 avgust kuni yarim milliondan ortiq abituriyentdan bir paytda test sinovlari o‘tkazishni ta'minlash uchun 16100 dan ortiq auditoriyalar tayyorlanib, ularning  dislokatsiyasi o‘rganib chiqildi.

    4000 nafardan ortiq Davlat test markazi (DTM) vakillari manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, ilmiy muassasalar xodimlaridan tanlab olindi. Davlat test markazida  DTM vakillari uchun test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

    Joriy yilda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida 37500 dan ortiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim va oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchilari jalb etilishi ko‘zda tutilib, ular uchun test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazildi. 

     2014-07-08

    65569

    to'liqroq
  • Oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilarini axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash boyicha test sinovlari otkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining xorijiy tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2014 yil 17-28 iyun kunlari test sinovlari o‘tkazildi. Jami 69 ta OTMlar va ularning filiallaridan 18453 nafar professor-o‘qituvchilar test sinovlarida ishtirok etdilar. 

     2014-07-07

    5650

    to'liqroq
  • Umumiy orta ta'lim maktablari pedagog kadrlari attestatsiyasi otkaziladi!

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi huzurida oliy va shu malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun Muvofiqlashtiruvchi, tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarida birinchi va shu malaka toifasiga da'vogarlar hamda umumiy o‘rta davlat ta'lim muassasalarida ikkinchi va shu malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun komissiyalar tuzildi.

    Mazkur komissiyalar oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga da'vogar 9124 nafar pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazadi hamda ularga tegishli malaka toifalarini beradi.

    Shuningdek, oliy va birinchi malaka toifalariga da'vogar pedagog kadrlar malaka sinovlari joriy yil 12-18 iyun kunlari o‘tkaziladi.

     2014-06-10

    4217

    to'liqroq
  • Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun amaliy seminar mashgulotlari otkaziladi

    Davlat test markazida 2014/15 o‘quv yilida oliy harbiy ta'lim muassasalariga kursantlar va tinglovchilar, oliy ta'lim muassasalariga talabalar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda test sinovlarini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

    Mazkur tadbirlarga viloyatlardagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari tomonidan Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun 2014 yil 11–21 iyun kunlari amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari viloyat Xalq ta'limi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari va oliy ta'lim muassasalari hamkorligida markazlashgan holda tashkil etiladi.

    Oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan va seminarda ishtirok etgan nomzodlar, o‘z navbatida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalaridan auditoriya nazoratchilari sifatida jalb etiluvchi pedagog xodimlar uchun jadvalda o‘tkazilishi belgilangan kunlarda amaliy seminar mashg‘ulotlarida ma'ruzachi bo‘lib ishtirok etadilar.

    Seminar mashg‘ulot materiallari

     2014-06-03

    4670

    to'liqroq
  • Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar

    2014 yil 28 may kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida Davlat test markazi tomonidan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Anjumanda pedagog kadrlari attestatsiyasi yakunlari va undan kelib chiqadigan xulosalarga oid ma'ruza tinglandi.

    Ma'ruzachi: Uzluksiz ta'lim tizimida professor-pedagoglar tarkibini va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Q.Baymirov.

    Ma'ruzada Xalq ta'limi vazirligi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid ma'lumotlar berildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida Muvofiqlashtiruvchi 14 ta komissiya – oliy malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi;

    tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarida 195 ta komissiya – birinchi malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi;

    umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 9685 ta komissiya – ikkinchi malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi aytib o‘tildi.

    Pedagog kadrlarga malaka toifalari 5 yil muddatga berilishi va ularga sertifikat topshirilishi haqida ham ma'lumotlar berildi.

    Komissiyalar tomonidan 2011-2013 yillar davomida 240641 nafar xalq ta'limi tizimi pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi hamda pedagog xodimlarga bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari 3 yil muddatga berilishi va ularga guvohnoma topshirilishi haqida ma'lumotlar berildi.

    2011-2014 yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 65070 nafar pedagog xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.

    Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan savollar berildi va ularga javoblar qaytarildi.

    Jumladan, malaka toifalari va sertifikatlarning ahamiyati, malaka sinovlarining o‘tkazilishi, pedagog kadrlarning attestatsiyadan xabordor qilinishiga oid savollar berildi.

    Komissiya pedagog kadrlarga malaka toifalari berilganligi haqida xulosa qabul qiladi va xulosalar attestatsiya varaqasi hamda bayonnomaga rasmiylashtiradi. Sertifikatlar qat'iy hisobda turadigan, himoya va seriya raqamiga ega hujjat hisoblanishi va 5 yil muddatga berilishi, oliy, birinchi va ushbu malaka toifalariga da'vogarlarning malaka sinovlari Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanishi hamda pedagog kadrlarga bir oy oldin attestatsiyadan o‘tishi haqida ma'lum qilinishi haqida ma'lumotlar berildi.

     2014-05-30

    4899

    to'liqroq
  • "Informatika va axborot texnologiyalari" fani boyicha test topshiriqlari qanday dastur asosida tuzilgan va mazkur fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda qaysi adabiyotlardan foydalanish kerak?

    Ushbu savol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 30 apreldagi PQ-2170-sonli "Respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan tanishgan har bir abituriyentni qiziqtirishi tabiiy.

    Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash, abituriyentlarga ushbu fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda qulaylik yaratish maqsadida, umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining malakali pedagog kadrlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan test topshiriqlarining Dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu ishlab chiqilgan dasturni inobatga olgan holda, mazkur fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati aniqlandi.

    Davlat test markazi barcha abituriyentlarga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarini tilaydi va quyida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan test topshiriqlarining Dasturini hamda mazkur fan bo‘yicha kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini taqdim etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar uchun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan test topshiriqlarining dasturi

    Mavzu

    1

    Axborot va axborotli jarayonlar. Informatika va axborot texnologiyalari fani. Hisoblash texnikasi tarixi.

    Informatika fani haqida. Axborotlarning ko‘rinishlari, turlari va xususiyatlari. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimiz qarashlari haqida. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari.

    Axborot hajmi, uzatish tezligi, o‘lchov birliklari. Axborotning kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida.

    Hisoblash texnikasi tarixi. Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.

    Axborot tizimlari va ob'ektlari.

    2

    Kompyuterning arifmetik va mantiqiy asosi. Kompyuter qurilmalari.

    Sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida amallar bajarish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish.

    Sodda va murakkab mulohazalar. Mantiqiy amallar. Mantiqiy elementlar.

    Shaxsiy kompyuterning asosiy va qo‘shimcha (tashqi) qurilmalari, ularning vazifasi. Kompyuter texnikasi vositalari. Tizim (sistema) blokining tuzilmasi. Qo‘shimcha qurilmalarning tasnifi va tarkibi.

    3

    Dasturiy ta'minot

     

    Dasturiy ta'minot va uning turlari. Drayverlar, utilitlar.

    Operatsion sistema (tizim) va uning vazifalari. Operatsion sistema (tizim)ning ichki va tashqi buyruqlari. Qobiq dasturlar. Fayl va kataloglar, ular bilan ishlash. Kompyuterning ichki va tashqi hotirasi turlari va xususiyatlari. Interfeys va uning turlari. 

    Windows OS (tizimi). Bosh menyu. Windows yo‘lboshchisi (provodnik).

    Tarmoq operatsion sistemasi (tizimi). Zamonaviy operatsion sistema(tizim)lar va ularning qo‘shimcha imkoniyatlari. LINUX, UNIX OS tizimlari. 

    4

    Amaliy dasturlar

    Ofis dasturlari paketi va uning tarkibi.

    Matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Matn protsessori (MS Word) imkoniyatlari. Hujjat hosil qilish, taxrirlash. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so‘z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarda gipermurojaatlar, rasm, shakl va chizmalar bilan ishlash. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash. Matnda formulalar yozish.

    Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning elementlari. Elektron jadvalda (MS Excel) formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma'lumotlarni saralash va tartiblash. Elektron jadvalda mantiq elementlarini qo‘llash.

    Taqdimot va uni yaratishning dasturiy ta'minoti. Power Point dasturi va uning imkoniyatlari.

    Ma'lumotlar ombori (bazasi). Ma'lumotlar ombori(bazasi)ni boshqarish tizimida ishlash. Ma'lumotlar ombori (bazasi)ning ierarxik va relyasion modellari. MS ACCESS dasturi va u bilan ishlash.

    Kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasi turlari.

    Kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan foydalanish. Nashriyot sistema(tizim)lari.

    5

    Axborot texnologiyalari

    Axborot texnologiyalari. Kompyuter tarmoqlari va Internet. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlari. Brauzerlar.  Internet yordamida ma'lumotlarni olish, izlash usullari. Elektron pochta.

     

      HTML haqida tushuncha. Web-brauzerlar. Web-sahifaga matn, rasm,  jadval va ro‘yxat joylashtirish. Web-sahifada gipermurojaat. Web-sahifalar bilan aloqa va tarkibiy  Web-sahifalar. Web-sahifada formalar. Interaktiv Web-sahifa.

    Virus va antivirus. Axborotlarni himoyalash dasturlari. Fayllarni  arxivlash.

    6

    Algoritmlash va dasturlash asoslari

    Kompyuterda masala yechish bosqichlari. Model va uning turlari.

    Algoritm va uning xossalari. Algoritmni tavsiflash usullari. Algoritmning asosiy turlari.

    Dastur, dasturlash tillari va ularning vazifalari. Turbo Paskal dasturlash tili. Miqdorlar haqida. Turbo Paskal tilining asosiy tushunchalari va operatorlari. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar tuzish. Shakl yasovchi, fayllar bilan ishlash operatorlari. Protsedura va funksiyalar.

     

    Informatika va axborot texnologiyalari fanidan foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati

    Fan

    Darslik va o‘quv qo‘llanmalar nomi

    Tipi

    Nashr etilgan yili

    Mualliflar

    Informatika va axborot texnologiyalari

    1

    O`zbek tilida

    Informatika

    5 sinf

    2012

    D.Kamolitdinova

    2

    Informatika

    6 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    3

    Informatika

    7 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    4

    Informatika

    8 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

    5

    Informatika

    9 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

    6

    Informatika va axborot texnologiyalari

    AL-kol

    2013

    A.Sattarov

    7

    Informatika

    AL-kol

    2002

    A.Axmedov va bosh.

    8

    Informatika

    AL-kol

    2002

    M.Aripov va bosh.

    9

    Informatika

    AL-kol

    2012

    R.Boqiyev

    10

    Informatika

    AL-kol

    2002

    U.Yo`ldoshev va bosh.

    11

    Axborot texnologiyalari

    AL-kol

    2003

    A.Abduqodirov

    12

    Rus tilida

    Informatika

    5 sinf

    2012

    D.Kamalitdinova

    13

    Informatika

    6 sinf

    2013

    B.Baltaev i dr

    14

    Informatika

    7 sinf

    2013

    B.Baltaev i dr

    15

    Informatika

    8 sinf

    2011

    B.Baltaev i dr

    16

    Informatika

    9 sinf

    2011

    B.Baltaev i dr

    17

    Informatika i informatsionne texnologii

    AL-kol

    2011

    A.Sattorov

    18

    Informatika

    AL-kol

    2003

    Sh.Kamilov

    19

    Informatika

    AL-kol

    2004

    T.Kasimova i dr.

    20

    Qoraqalpoq  tilida

    Informatika

    5 sinf

    2012

    D.Kamolitdinova

    21

    Informatika

    6 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    22

    Informatika

    7 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    23

    Informatika

    8 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

    24

    Informatika

    9 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

     

    Yangilikning rus tilidagi matni

    Yangilikning qoraqalpoq tilidagi matni

     2014-05-26

    20497

    to'liqroq
  • Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi yakunlandi va guvohnomalar berish boshlandi!

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tuzilgan attestatsiya komissiyalari pedagog xodimlar attestatsiyasiga oid ishlarini yakunladi.

    Attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagog xodimlarga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnomalar berish ishlari boshlandi.

    Davlat test markazidan guvohnomalarni olish uchun hududiy boshqarmalar buyurtma berishlari hamda pedagog xodimlar attestatsiyasi bo‘yicha boshqarmaning mas'ul xodimi komissiyalar rasmiylashtirgan bayonnomalar va tegishli shakllarni to‘ldirgan holda murojaat etishi lozim. 

     2014-05-26

    2027

    to'liqroq
  • Staff 2014 elektron dasturi bilan ishlash boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkazildi

    Test sinovlarini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2014 yil 15-22 may kunlari Respublikadagi xalq ta'limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari tasarrufidagi ta'lim muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalari pedagog xodimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritishda Staff 2014 elektron dasturi bilan ishlashga bag‘ishlangan amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar Staff 2014 elektron dasturining hozirgi holati, pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritishda ta'lim muassasalari operatorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, kamchiliklar hamda ularni tuzatish (tahrirlash) ishlari, shuningdek, dastur bilan ishlash tartibi ko‘rgazmali vositalar yordamida tanishtirildi.

    Amaliy seminar yakunida mazkur elektron dastur bilan ishlashga doir zarur maslahatlar berildi va Test sinovlarini tashkil etish bo‘limi bilan muntazam aloqa o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

     

    Staff 2014 dasturi yo'riqnomasi (RAR, 676KB)

     2014-05-22

    6897

    to'liqroq
  • Umumiy orta va maktabgacha ta'lim muassasalarining 2013-2014 oquv yilidagi attestatsiya jarayoni haqida

    2013-2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq 975 ta maktabgacha va 1861 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning mart oyida attestatsiyadan o‘tkazilib, hujjatlari Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasiga topshirilgan 334 ta maktabgacha va 266 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari akkreditatsiya komissiyasi tomonidan  akkreditatsiyalandi.

     2014-05-20

    2797

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Oktabr 2014
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    
Tashriflar tahlili
Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi
Fuqarolar murojaati
103 ta murojaat kelib tushdi
91 ta murojaat ko'rib chiqildi
6 ta murojaat ko'rib chiqilmoqda
6 ta murojaat rad etildi
(2014 yil 3 oktabr holatiga)
Qaysi ta`lim sohasi bo`yicha oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kirmoqchisiz?(Ishlab chiqarish texnik soha)

     

     

     

     

     Natijalar

 
 
html>