Ilmiy-metodik kengashning yigilishi otkazildi
2014 yil 3 oktyabr kuni Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda oliy ta'lim muassasalari attestatsiyasi natijalari hamda 2014-2015 o‘quv yili uchun bakalavr ta'lim yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari tahlili ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.