Ozbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun test sinovlari otkazidi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini tanlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-soni qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Davlat test markazining 2014 yil 15 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun test sinovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 44/Q-Q, 18/QQ-sonli qo‘shma qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga da'vogarlardan test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlari 2014 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tdi va unda 11 ixtisoslik bo‘yicha jami 99 nafar bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etdi.