Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash boyicha test sinovlari otkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 avgustdagi F-4116-sonli farmoyishi bilan Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyatini xalqaro tajriba, talab va standartlarni e'tiborga olgan holda xolisona reytingli baholash tamoyillari va ko‘rsatkichlarini tajriba sinovdan o‘tkazish maqsadida tuzilgan Ishchi komissiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Jumladan, yuqori bosqich talabalarining maxsus mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlarini va fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash orqali OTMda kadrlar tayyorlash sifatiga baho berish maqsadida 7000 nafardan ko‘proq bitiruvchi bosqich talabalari test sinovlaridan o‘tkazilishi kutilmoqda.
Test sinovlariga jami 109 ta ta'lim yo‘nalishi va ularda o’qitiladigan 239 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlari tanlab olindi. Hozirda tayanch va turdosh OTMlar tomonidan har bir fandan test savollari bazasi shakllantirilmoqda.
Test sinovlarini joriy yilning to’rtinchi choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.