λ : Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
 HTTP PROXY,  http://dtm.uz?mod=news&page=6, - SafeWeber.ru
: 06.12.2016. 09:20.

SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar

RSS
  • Gapirish konikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi

    Gapirish konikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi

    O‘qituvchilar natijalarini mazkur saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limining “Test natijalarisahifasidan bilishi mumkin. 2015 yil may-iyun oylarida test sinovidan o‘tib, natijada tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalari bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori ball, yozma ishlardan  va gapirish ko’nikmasidan 50 foiz va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga ustama hak olish uchun ma’lumotnoma beriladi. 

    Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o‘qituvchilari ma'lumotnomani hududiy boshqarmalardan joriy yil 1 iyuldan keyin olishlari mumkin.

    Oliy ta'lim muassasalari o‘qituvchilari uchun ma'lumotnomalar Davlat test markazida joriy yil 5 iyulgachaberiladi. 

     2015-06-29

    8852

    to'liqroq
  • Diqqat! Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ta'lim tayyorgarlik darajasi monitoringi otkazildi

    Diqqat! Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ta'lim tayyorgarlik darajasi monitoringi otkazildi

    Joriy yilning 28 may – 19 iyun kunlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim tayyorgarlik darajasi monitoringi o‘tkazildi. Monitoring jarayoni respublikamizning turli hududlarida 14 ta akademik litsey va 98 ta kasb-hunar kollejlarida bo‘lib o‘tdi. Monitoringda 450 nafar o‘qituvchilar va 3000 nafardan ortiq bitiruvchi bosqich o‘quvchilari qatnashdilar. Qur'a tashlash orqali tanlab olingan akademik guruh o‘quvchilari “Ona tili va adabiyoti”, “Matematika”, “Xorijiy til” fanlaridan test sinovlari topshirdilar. Bundan tashqari o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimida ta'lim sifatini va bitiruvchilarning ta'lim tayyorgarlik darajasiga ta'sir qiluvchi omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

     2015-06-24

    3623

    to'liqroq
  • Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyasi otkazildi

    Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyasi otkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 15 oktyabr hamda 2015 yil 2 fevral kuni tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida Respublikadagi 31 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining attestatsiyasi joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining attestatsiya natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Attestatsiya natijalari bo‘yicha xulosalarni joriy yilning 1 iyuliga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

     2015-06-18

    2848

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari otkazildi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun   navbatdagi test sinovlari otkazildi

    2015 yil 9-11 iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 352-son Qarori asosida chet tilini  bilish darajasini aniqlash bo'yicha test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun  arab, koreys, turk, xitoy tillaridanan o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

    50 nafar talabgorlardan 14(28,0) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 1 nafar, B2 darajasiga 6 nafar, arab tili bo’yicha 4 nafar, koreys tili bo’yicha 1 nafar, turk tili bo’yicha 1 nafar, ingliz tili bo’yicha C1 darajasiga - 1 nafar  o’qituvchi.

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida avgust oyidada davom etadi (nsfla.uz).

     2015-06-17

    2926

    to'liqroq
  • Pedagog kadrlar malaka sinovi otkazildi

    Pedagog kadrlar malaka sinovi otkazildi

    Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 38-bandida belgilangan tartibga muvofiq oliy va birinchi hamda shu malaka toifalariga talabgor pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari o‘tkazildi.

    Malaka sinovi natijalari joriy yil 22 iyunga qadar Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etiladi.

    Muvofiqlashtiruvchi, tuman (shahar) va ta'lim muassasalari attestatsiya komissiyalari 2015 yil 30 iyunga qadar pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishi va  tegishli malaka toifalarini tasdiqlashlari lozim.

     2015-06-17

    2043

    to'liqroq
  • Uchrashuvlar. Korrupsiyaga qarshi kurash

    Uchrashuvlar. Korrupsiyaga qarshi kurash

    Davlat test markazida 2015 yil 5 iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminalistika” kafedrasi professori Baxrom Asrorov bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashning muhim ahamiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu  uchrashuv mutaxassislarning huquqiy ongini oshirishga, respublikada korrupsiyaga qarshi kurash olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchaga ega bo‘lishga yordam berdi. Uchrashuvda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovi jarayonida uchraydigan muammoli vaziyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqidagi savollar muhokama qilindi.   

     2015-06-08

    2630

    to'liqroq
  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalari attestatsiyadan otkazildi

    Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalari attestatsiyadan otkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tmagan, attestatsiyadan shartli o‘tgan va attestatsiyaga jalb etilmagan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jadvali” ga muvofiq 38 ta malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazildi.

     2015-06-03

    1762

    to'liqroq
  • Respublika boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkazildi

    Respublika boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkazildi

    Davlat test markazi tomonidan 2015-yil  aprel–may oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakillari hamda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari tasdiqlangan jadval asosida viloyat (shahar) markazlarida, shuningdek, ta'lim muassasalarida tashkil etildi.

     2015-06-01

    1274

    to'liqroq
  • Chet tili oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama haq belgilash uchun test sinovlari otkazildi

    Chet tili oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama haq belgilash uchun test sinovlari otkazildi

    Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama haq belgilash uchun test sinovlari o‘tkazildi.

    Test sinovlarida ishtirok etish uchun jami 2406 nafar o‘qituvchilar ariza bergan, jumladan ingliz tili fanidan 2159 nafar, nemis tili fanidan 164 nafar, fransuz tilidan 83 nafar o‘qituvchilar ariza bergan.

    Test sinovlarining ushbu bosqichida xalq ta'limi tizimi o‘qituvchilaridan 800 nafardan ortiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidan 1032 nafar hamda oliy ta'lim va malaka oshirish  tizimidan 563 nafar mutaxasislar qatnashmoqda.

    Test topshiriqlari talabgorlarning tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalari hamda yozish ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan.

    Test sinovlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasining nsfla.uz saytida chop etiladi.

     2015-05-30

    3632

    to'liqroq
  • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

    Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 15 oktyabrda tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida 29 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining attestatsiyasi o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining attestatsiya natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash, shuningdek, may-iyun oylarida attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan 31 ta ta'lim muassasalarining attestatsiyaga taqdim etgan hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

     

     2015-05-06

    Прочитали: 2030

    to'liqroq
  • Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash

    Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda hududlardagi 31 ta oliy ta'lim muassasasi hamda ularning 15 ta filiallarida professor-o‘qituvchilarning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” bo‘yicha bilim darajasini aniqlashga oid test sinovlari o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda test sinovlari Toshkent shahridagi 27 ta  oliy  ta'lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

     2015-05-01

    Прочитали: 8838

    to'liqroq
  • Gapirish ko‘nikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi

    Gapirish ko‘nikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi

    Gapirish ko‘nikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini mazkur saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limining “Test natijalari” sahifasidan bilishi mumkin. Oylik maoshlariga ustama haq olish maqsadida 2013-2014 o‘quv yilida test sinovidan o‘tib, natijada tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalari bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori ball, yozma ishlardan va gapirish ko’nikmasidan 50 foiz va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga ustama haq olish uchun ma’lumotnoma beriladi.

     2015-05-01

    Прочитали: 2695

    to'liqroq
  • Respublika bo‘yicha amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

    Respublika bo‘yicha amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

    2015/16-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga talabalar, oliy harbiy ta'lim muassasalariga tinglovchi va kursantlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda o‘tkaziladigan test sinovlariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun 2015-yil 27-apreldan 18-mayga qadar amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

    Tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi 52 ta tuman va shaharlarda tashkil etiladi.

    Tasdiqlangan jadval asosida amaliy seminar mashg‘ulotlari Davlat test markazi vakillari sifatida jalb etiluvchi nomzodlar uchun viloyat (shahar)lar markazlarida, auditoriya nazoratchilari sifatida jalb etiluvchi nomzodlar uchun nomzodlar faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasalarida oliy ta'lim muassasalaridan belgilangan ma'ruzachilar tomonidan o‘tkaziladi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 03-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011-yil 8-iyulda 2242-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda 2013-yil 19-iyulda 2480-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Yo‘riqnoma” asosida o‘tkaziladi.

     2015-04-22

    2975

    to'liqroq
  • Davlat test markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilandi

    Davlat test markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilandi

    Davlat test markazida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” gi 73-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari  bilan ishlash tartibi belgilandi.

    Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash “Davlat test markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi. Ushbu Nizom Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining 2015 yil 4 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida muhokama qilindi va ma'qullandi. Nizom DTMning 2015 yil 9 apreldagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash uchun amaliyotga joriy etildi. 

    Nizomda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni berish tartibi, Davlat test markazida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish tartibi, murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik kabi qoidalar belgilangan.

    Ushbu Nizom Davlat test markazining saytiga joylashtirilgan.

     2015-04-15

    2496

    to'liqroq
  • Attestatsiya komissiyalari tuzildi

    Attestatsiya komissiyalari tuzildi

    Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandida belgilangan tartibga muvofiq Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligining qarori bilan 2015 yil 6 aprel kuni xalq ta'limi hududiy boshqarmalari huzurida Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyalari tuzildi.

    Nizomga muvofiq tuman (shahar) va ta'lim muassasalari attestatsiya komissiyalari tuzilishi belgilandi.

     2015-04-08

    2734

    to'liqroq
  • Oliy talim muassasalari professor-oqituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar boyicha test sinovlari otkaziladi

    Oliy talim muassasalari professor-oqituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar boyicha test sinovlari otkaziladi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining 24167 nafar professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2015 yil aprel oyida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

     2015-04-02

    2510

    to'liqroq
  • Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish muddati belgilandi

    Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish muddati belgilandi

    Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida belgilangan tartibga muvofiq pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvali 2015 yil 27 mart kuni tasdiqlandi.

    Tasdiqlangan jadvalga muvofiq joriy yil aprel-iyun oylarida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 26483 nafar pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi va ularga tegishli malaka toifalari beriladi. 

     2015-03-31

    3787

    to'liqroq
  • Magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlariga taklif

    Magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlariga taklif

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 65 ta oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Ushbu takliflarni tayyorlashda oliy ta'lim muassasalarida qabul rejasining bajarilishi, professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati, magistratura mutaxassisligining davlat akkreditatsiyasiga ega ekanligi kabi ko‘rsatkichlar e'tiborga olindi.

    Qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha tayyorlangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga va O‘zbekiston  Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etildi.

     2015-03-30

    2690

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari natijalari elon qilindi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari natijalari elon qilindi

    2015 yil 10-11 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish to’g’risida”gi  352-sonli Qarori asosida nomzodlarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz saytida e´lon qilindi.

    45 nafar talabgorlardan 25(55,6) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B2 darajasiga 10 nafar, arab tili bo’yicha 8 nafar, koreys tili bo’yicha 5 nafar, ingliz tili bo’yicha C1 darajasiga - 1 nafar, francuz tili bo’yicha  – 1 o’qituvchi ijobiy natijaga erishdi.

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.

     2015-03-23

    2687

    to'liqroq
  • Davlat organlari faoliyatining ochiqligi davr talabi

    Davlat organlari faoliyatining ochiqligi  davr talabi

    Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman kengashi va Davlat test markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga axborot tayyorlashda eng faol tarkibiy bo‘linma hamda eng dolzarb axborot muallifi tanlovi o‘tkazildi.

    Bugungi kunda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining amaliyotga joriy etilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini hamda ular faoliyatidan keng jamoatchilikning xabardor bo‘lish huquqini ta'minlashga, ularning amalga oshirayotgan ishlari va qabul qilayotgan qarorlari sifatini oshirish borasidagi mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu qonun jamiyatda demokratiyaning yanada rivojlanishiga huquqiy asos bo‘lib, mamlakatimiz va jamiyatimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Davlat test markazida ham ushbu Qonun ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda va axborotdan hammaning foydalanish mumkinligiga erishilmoqda.

    Davlat test markazi faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalaridan biri uning rasmiy veb-sayti dtm.uz hisoblanadi.

    Veb-saytda Davlat test markazi faoliyatiga oid ma'lumotlar o‘z vaqtida va muntazam berilmoqda. Jumladan, ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari, pedagog kadrlar attestatsiyasi, ta'lim muassasalarining attestatsiyasi va akkreditatsiyasi, chet tillarini bilish va egallash darajasini baholashga oid va boshqa ma'lumotlar doimiy yoritilib borilmoqda.

    Alohida ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti dtm.uz nafaqat yozgi test sinovlari davrida, balki yil davomida saytga kiruvchilar soni bo‘yicha davlat organlarining veb-saytlari reytingida birinchi o‘ntalikdan joy olib kelmoqda. Bunda albatta Davlat test markazining Axborot xizmati va tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislarining xizmati katta.

    Davlat test markazi veb-sayti sahifalarini yanada boyitish, xodimlarning axborot tayyorlash bo‘yicha olib borayotgan ishlarini rag‘batlantirish maqsadida Davlat test markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan axborot tayyorlashda eng faol tarkibiy bo‘linma hamda eng dolzarb axborot muallifi tanlovi e'lon qilindi va aynan Navro‘z bayrami arafasida uning g‘oliblari aniqlandi.

    Tanlov natijalariga ko‘ra, veb-saytdagi eng ko‘p o‘qilgan hamda boshqa ommaviy axborot vositalari (veb-saytlar)da izoh va xavolalar berilgan axborotlar tanlab olindi. Jumladan, 2014 yilning 4-choragida  e'lon qilingan “Test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgarishlar kiritildi”, “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilganlar soni, foizi va o‘rtacha bali haqida ma'lumot”, 2015 yilning 1-choragida e'lon qilingan “2014-2015 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarida o‘tish ballari”, “Ta'lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati” eng dolzarb ma'lumotlar deb topildi.

    Shuningdek, saytga axborot berishda eng faol tarkibiy bo‘linma sifatida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi va Uzluksiz ta'lim tizimida professor-pedagoglar tarkibini va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi e'tirof etildi.

    Tanlov g‘oliblari Ta'lim, fan va madaniyat  xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

     2015-03-20

    2501

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
  www.uz
Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi
 Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 299
Yakunlangan 293
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 3
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 361
Yakunlangan 361
(24.11.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma