λ : Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
 HTTP PROXY,  http://dtm.uz?mod=news&page=9, - SafeWeber.ru
: 06.12.2016. 09:20.

SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar

RSS
  • Saralash test sinovlari otkazildi

    Joriy yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 19 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2480 raqamli “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Yo‘riqnoma” asosida 22 ta akademik litsey va 104 ta kasb-hunar kollejlarida o‘tkazildi.

    Test sinovlariga jami 101940 abituriyent jalb etildi. Test sinovlarini joylarda sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun 697 nafar DTM vakillari, 10724 nafar auditoriya rahbari va kuzatuvchilari qatnashdi. 

     2014-07-20

    17599

    to'liqroq
  • Oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlari bolib otdi

    Joriy yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasiga qarashli jami 10 ta oliy harbiy ta'lim muassasasida test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshirildi.

    Test sinovlariga jami 8715 abituriyent jalb etildi. Test sinovlarini joylarda sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun 100 nafar DTM vakillari, 893 nafar auditoriya rahbari va kuzatuvchilari qatnashdi.

    Test sinovlari jarayonida abituryentlarga ta'lim yo‘nalishiga mos holda 3 ta blok umumta'lim fanlaridan iborat savollar kitobi taqdim etildi. Test topshiriqlarining umumiy soni 108 ta bo‘lib, ular umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta'kidlash joizki, matematika bloki savollari tarkibiga 6 ta informatika va axborot texnologiyalarga doir test topshiriqlari kiritilgan.

    Abituryentlarning uch soat vaqt davomida o‘zlarining umumta'lim fanlaridan olgan bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun auditoriyalarda yetarli shart-sharoitlar yaratildi. 

    Barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlari belgilangan tartib va qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda o‘tkazildi. 

     2014-07-11

    21575

    to'liqroq
  • 2014/2015 oquv yili qabul kvotasi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2014 yil 26 iyundagi PQ-2193-sonli qaroriga muvofiq 2014/2015 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida belgilangan.

    Shuningdek, bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 115 nafar, shundan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qo‘ng‘irot bo‘limining maxsus sirtqi bo‘limiga davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 50 ta, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha 15 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 35 nafar miqdorida belgilangan.

    Shu bilan birga, magistrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul kvotasi 5000, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 1548 va to‘lov-kontrakt asosida 3452 nafar miqdorida belgilangan.

    2014-2015 o‘quv yilida ayrim yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar ochilmoqda. Jumladan, mazkur o‘quv yilida Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Qiymat injiniringi” (“ ”), Toshkent davlat agrar universitetida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” (“ ”) kabi yangi yo‘nalishlarga talabalar qabul qilinadi. 

    Joriy o‘quv yilida respublikamizdagi 57 ta oliy ta'lim muassasasida, 11 ta oliy ta'lim muassasalari filiallarida, shuningdek, Navoiy konchilik institutining Zarafshon va Olmaliq fakultetlari hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot bo‘limini hisoblaganda jami 71 ta ta'lim muassasasida test sinovlari o‘tkaziladi.

    Agar 2013 yilda 57 ta oliy ta'lim muassasalariga abiturientlardan tushgan arizalar soni jami 480407 ta bo‘lib, shu jumladan, kunduzi bo‘limga 480163 ta, sirtqi bo‘limga 244 ta hujjat qabul qilinib, respublika bo‘yicha o‘rtacha tanlov 8,5 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 500000 dan ortiq abituriyentlarning hujjat topshirishi kutilmoqda.

    Davlat test markazida bu yilgi test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Jumladan, 1 avgust kuni yarim milliondan ortiq abituriyentdan bir paytda test sinovlari o‘tkazishni ta'minlash uchun 16100 dan ortiq auditoriyalar tayyorlanib, ularning  dislokatsiyasi o‘rganib chiqildi.

    4000 nafardan ortiq Davlat test markazi (DTM) vakillari manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, ilmiy muassasalar xodimlaridan tanlab olindi. Davlat test markazida  DTM vakillari uchun test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

    Joriy yilda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida 37500 dan ortiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim va oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchilari jalb etilishi ko‘zda tutilib, ular uchun test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazildi. 

     2014-07-08

    76497

    to'liqroq
  • Oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilarini axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash boyicha test sinovlari otkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining xorijiy tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2014 yil 17-28 iyun kunlari test sinovlari o‘tkazildi. Jami 69 ta OTMlar va ularning filiallaridan 18453 nafar professor-o‘qituvchilar test sinovlarida ishtirok etdilar. 

     2014-07-07

    6323

    to'liqroq
  • Umumiy orta ta'lim maktablari pedagog kadrlari attestatsiyasi otkaziladi!

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi huzurida oliy va shu malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun Muvofiqlashtiruvchi, tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarida birinchi va shu malaka toifasiga da'vogarlar hamda umumiy o‘rta davlat ta'lim muassasalarida ikkinchi va shu malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun komissiyalar tuzildi.

    Mazkur komissiyalar oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga da'vogar 9124 nafar pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazadi hamda ularga tegishli malaka toifalarini beradi.

    Shuningdek, oliy va birinchi malaka toifalariga da'vogar pedagog kadrlar malaka sinovlari joriy yil 12-18 iyun kunlari o‘tkaziladi.

     2014-06-10

    5292

    to'liqroq
  • Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun amaliy seminar mashgulotlari otkaziladi

    Davlat test markazida 2014/15 o‘quv yilida oliy harbiy ta'lim muassasalariga kursantlar va tinglovchilar, oliy ta'lim muassasalariga talabalar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda test sinovlarini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

    Mazkur tadbirlarga viloyatlardagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari tomonidan Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun 2014 yil 11–21 iyun kunlari amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari viloyat Xalq ta'limi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari va oliy ta'lim muassasalari hamkorligida markazlashgan holda tashkil etiladi.

    Oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan va seminarda ishtirok etgan nomzodlar, o‘z navbatida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalaridan auditoriya nazoratchilari sifatida jalb etiluvchi pedagog xodimlar uchun jadvalda o‘tkazilishi belgilangan kunlarda amaliy seminar mashg‘ulotlarida ma'ruzachi bo‘lib ishtirok etadilar.

    Seminar mashg‘ulot materiallari

     2014-06-03

    5349

    to'liqroq
  • Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar

    2014 yil 28 may kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida Davlat test markazi tomonidan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Anjumanda pedagog kadrlari attestatsiyasi yakunlari va undan kelib chiqadigan xulosalarga oid ma'ruza tinglandi.

    Ma'ruzachi: Uzluksiz ta'lim tizimida professor-pedagoglar tarkibini va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Q.Baymirov.

    Ma'ruzada Xalq ta'limi vazirligi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid ma'lumotlar berildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida Muvofiqlashtiruvchi 14 ta komissiya – oliy malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi;

    tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarida 195 ta komissiya – birinchi malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi;

    umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 9685 ta komissiya – ikkinchi malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi aytib o‘tildi.

    Pedagog kadrlarga malaka toifalari 5 yil muddatga berilishi va ularga sertifikat topshirilishi haqida ham ma'lumotlar berildi.

    Komissiyalar tomonidan 2011-2013 yillar davomida 240641 nafar xalq ta'limi tizimi pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi hamda pedagog xodimlarga bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari 3 yil muddatga berilishi va ularga guvohnoma topshirilishi haqida ma'lumotlar berildi.

    2011-2014 yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 65070 nafar pedagog xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.

    Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan savollar berildi va ularga javoblar qaytarildi.

    Jumladan, malaka toifalari va sertifikatlarning ahamiyati, malaka sinovlarining o‘tkazilishi, pedagog kadrlarning attestatsiyadan xabordor qilinishiga oid savollar berildi.

    Komissiya pedagog kadrlarga malaka toifalari berilganligi haqida xulosa qabul qiladi va xulosalar attestatsiya varaqasi hamda bayonnomaga rasmiylashtiradi. Sertifikatlar qat'iy hisobda turadigan, himoya va seriya raqamiga ega hujjat hisoblanishi va 5 yil muddatga berilishi, oliy, birinchi va ushbu malaka toifalariga da'vogarlarning malaka sinovlari Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanishi hamda pedagog kadrlarga bir oy oldin attestatsiyadan o‘tishi haqida ma'lum qilinishi haqida ma'lumotlar berildi.

     2014-05-30

    5741

    to'liqroq
  • "Informatika va axborot texnologiyalari" fani bo‘yicha test topshiriqlari qanday dastur asosida tuzilgan va mazkur fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda qaysi adabiyotlardan foydalanish kerak?

    Ushbu savol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 30 apreldagi PQ-2170-sonli "Respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan tanishgan har bir abituriyentni qiziqtirishi tabiiy.

    Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash, abituriyentlarga ushbu fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda qulaylik yaratish maqsadida, umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining malakali pedagog kadrlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan test topshiriqlarining Dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu ishlab chiqilgan dasturni inobatga olgan holda, mazkur fan bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati aniqlandi.

    Davlat test markazi barcha abituriyentlarga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarini tilaydi va quyida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan test topshiriqlarining Dasturini hamda mazkur fan bo‘yicha kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini taqdim etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga kiruvchilar uchun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan test topshiriqlarining dasturi

    Mavzu

    1

    Axborot va axborotli jarayonlar. Informatika va axborot texnologiyalari fani. Hisoblash texnikasi tarixi.

    Informatika fani haqida. Axborotlarning ko‘rinishlari, turlari va xususiyatlari. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimiz qarashlari haqida. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari.

    Axborot hajmi, uzatish tezligi, o‘lchov birliklari. Axborotning kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida.

    Hisoblash texnikasi tarixi. Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.

    Axborot tizimlari va ob'ektlari.

    2

    Kompyuterning arifmetik va mantiqiy asosi. Kompyuter qurilmalari.

    Sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida amallar bajarish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazish.

    Sodda va murakkab mulohazalar. Mantiqiy amallar. Mantiqiy elementlar.

    Shaxsiy kompyuterning asosiy va qo‘shimcha (tashqi) qurilmalari, ularning vazifasi. Kompyuter texnikasi vositalari. Tizim (sistema) blokining tuzilmasi. Qo‘shimcha qurilmalarning tasnifi va tarkibi.

    3

    Dasturiy ta'minot

     

    Dasturiy ta'minot va uning turlari. Drayverlar, utilitlar.

    Operatsion sistema (tizim) va uning vazifalari. Operatsion sistema (tizim)ning ichki va tashqi buyruqlari. Qobiq dasturlar. Fayl va kataloglar, ular bilan ishlash. Kompyuterning ichki va tashqi hotirasi turlari va xususiyatlari. Interfeys va uning turlari. 

    Windows OS (tizimi). Bosh menyu. Windows yo‘lboshchisi (provodnik).

    Tarmoq operatsion sistemasi (tizimi). Zamonaviy operatsion sistema(tizim)lar va ularning qo‘shimcha imkoniyatlari. LINUX, UNIX OS tizimlari. 

    4

    Amaliy dasturlar

    Ofis dasturlari paketi va uning tarkibi.

    Matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Matn protsessori (MS Word) imkoniyatlari. Hujjat hosil qilish, taxrirlash. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so‘z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarda gipermurojaatlar, rasm, shakl va chizmalar bilan ishlash. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash. Matnda formulalar yozish.

    Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning elementlari. Elektron jadvalda (MS Excel) formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma'lumotlarni saralash va tartiblash. Elektron jadvalda mantiq elementlarini qo‘llash.

    Taqdimot va uni yaratishning dasturiy ta'minoti. Power Point dasturi va uning imkoniyatlari.

    Ma'lumotlar ombori (bazasi). Ma'lumotlar ombori(bazasi)ni boshqarish tizimida ishlash. Ma'lumotlar ombori (bazasi)ning ierarxik va relyasion modellari. MS ACCESS dasturi va u bilan ishlash.

    Kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasi turlari.

    Kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan foydalanish. Nashriyot sistema(tizim)lari.

    5

    Axborot texnologiyalari

    Axborot texnologiyalari. Kompyuter tarmoqlari va Internet. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlari. Brauzerlar.  Internet yordamida ma'lumotlarni olish, izlash usullari. Elektron pochta.

     

      HTML haqida tushuncha. Web-brauzerlar. Web-sahifaga matn, rasm,  jadval va ro‘yxat joylashtirish. Web-sahifada gipermurojaat. Web-sahifalar bilan aloqa va tarkibiy  Web-sahifalar. Web-sahifada formalar. Interaktiv Web-sahifa.

    Virus va antivirus. Axborotlarni himoyalash dasturlari. Fayllarni  arxivlash.

    6

    Algoritmlash va dasturlash asoslari

    Kompyuterda masala yechish bosqichlari. Model va uning turlari.

    Algoritm va uning xossalari. Algoritmni tavsiflash usullari. Algoritmning asosiy turlari.

    Dastur, dasturlash tillari va ularning vazifalari. Turbo Paskal dasturlash tili. Miqdorlar haqida. Turbo Paskal tilining asosiy tushunchalari va operatorlari. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar tuzish. Shakl yasovchi, fayllar bilan ishlash operatorlari. Protsedura va funksiyalar.

     

    Informatika va axborot texnologiyalari fanidan foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati

    Fan

    Darslik va o‘quv qo‘llanmalar nomi

    Tipi

    Nashr etilgan yili

    Mualliflar

    Informatika va axborot texnologiyalari

    1

    O`zbek tilida

    Informatika

    5 sinf

    2012

    D.Kamolitdinova

    2

    Informatika

    6 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    3

    Informatika

    7 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    4

    Informatika

    8 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

    5

    Informatika

    9 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

    6

    Informatika va axborot texnologiyalari

    AL-kol

    2013

    A.Sattarov

    7

    Informatika

    AL-kol

    2002

    A.Axmedov va bosh.

    8

    Informatika

    AL-kol

    2002

    M.Aripov va bosh.

    9

    Informatika

    AL-kol

    2012

    R.Boqiyev

    10

    Informatika

    AL-kol

    2002

    U.Yo`ldoshev va bosh.

    11

    Axborot texnologiyalari

    AL-kol

    2003

    A.Abduqodirov

    12

    Rus tilida

    Informatika

    5 sinf

    2012

    D.Kamalitdinova

    13

    Informatika

    6 sinf

    2013

    B.Baltaev i dr

    14

    Informatika

    7 sinf

    2013

    B.Baltaev i dr

    15

    Informatika

    8 sinf

    2011

    B.Baltaev i dr

    16

    Informatika

    9 sinf

    2011

    B.Baltaev i dr

    17

    Informatika i informatsionne texnologii

    AL-kol

    2011

    A.Sattorov

    18

    Informatika

    AL-kol

    2003

    Sh.Kamilov

    19

    Informatika

    AL-kol

    2004

    T.Kasimova i dr.

    20

    Qoraqalpoq  tilida

    Informatika

    5 sinf

    2012

    D.Kamolitdinova

    21

    Informatika

    6 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    22

    Informatika

    7 sinf

    2013

    B.Boltayev va bosh.

    23

    Informatika

    8 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

    24

    Informatika

    9 sinf

    2011

    B.Boltayev va bosh.

     

    Yangilikning rus tilidagi matni

    Yangilikning qoraqalpoq tilidagi matni

     2014-05-26

    30920

    to'liqroq
  • Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi yakunlandi va guvohnomalar berish boshlandi!

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tuzilgan attestatsiya komissiyalari pedagog xodimlar attestatsiyasiga oid ishlarini yakunladi.

    Attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagog xodimlarga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnomalar berish ishlari boshlandi.

    Davlat test markazidan guvohnomalarni olish uchun hududiy boshqarmalar buyurtma berishlari hamda pedagog xodimlar attestatsiyasi bo‘yicha boshqarmaning mas'ul xodimi komissiyalar rasmiylashtirgan bayonnomalar va tegishli shakllarni to‘ldirgan holda murojaat etishi lozim. 

     2014-05-26

    2693

    to'liqroq
  • Staff 2014 elektron dasturi bilan ishlash boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkazildi

    Test sinovlarini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2014 yil 15-22 may kunlari Respublikadagi xalq ta'limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari tasarrufidagi ta'lim muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalari pedagog xodimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritishda Staff 2014 elektron dasturi bilan ishlashga bag‘ishlangan amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar Staff 2014 elektron dasturining hozirgi holati, pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritishda ta'lim muassasalari operatorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, kamchiliklar hamda ularni tuzatish (tahrirlash) ishlari, shuningdek, dastur bilan ishlash tartibi ko‘rgazmali vositalar yordamida tanishtirildi.

    Amaliy seminar yakunida mazkur elektron dastur bilan ishlashga doir zarur maslahatlar berildi va Test sinovlarini tashkil etish bo‘limi bilan muntazam aloqa o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

     

    Staff 2014 dasturi yo'riqnomasi (RAR, 676KB)

     2014-05-22

    9581

    to'liqroq
  • Umumiy orta va maktabgacha ta'lim muassasalarining 2013-2014 oquv yilidagi attestatsiya jarayoni haqida

    2013-2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq 975 ta maktabgacha va 1861 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning mart oyida attestatsiyadan o‘tkazilib, hujjatlari Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasiga topshirilgan 334 ta maktabgacha va 266 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari akkreditatsiya komissiyasi tomonidan  akkreditatsiyalandi.

     2014-05-20

    3521

    to'liqroq
  • Pedagogika kollejlarining qayta attestatsiyasi otkazilmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 24 mart kuni tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida 27 ta pedagogika kollejlarining qayta attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi.

    Attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan "O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma" asosida amalga oshirilmoqda.

    Hozirgi kungacha 15 ta pedagogika kollejlarining qayta attestatsiyaga jalb qilingan kasblari faoliyati “O‘zbekiston Respublikasida ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida o‘rganildi. O‘quvchilar bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

     2014-05-15

    2369

    to'liqroq
  • Test sinovlaridagi yangiliklar

    Bu yil oliy ta'lim muassasalarida ta'lim va kasb yo‘nalishlariga bir qator yangiliklar kiritildi, kirish imtihonlari tizimida ham ayrim o‘zgartirishlar joriy etildi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 30 aprelda qabul qilingan Respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2014 yil 3 maydagi 1-son bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va  test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi saytining “Abituriyentlar uchun” bo‘limida taqdim etiladi.

     2014-05-08

    58343

    to'liqroq
  • Oliy ta'lim muassasasida attestatsiya jarayoni otkazilmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 17 yanvarda tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali» asosida 31 ta oliy ta'lim muassasasida attestatsiya jarayoni o‘tkazilmoqda. Attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom» hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma» asosida amalga oshirilmoqda.

    Attestatsiya jarayonida barcha 31 ta oliy ta'lim muassasasining «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom»da belgilangan faoliyat yo‘nalishlari o‘rganildi. Shuningdek, 17 ta oliy ta'lim muassasasida talabalarning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari, yozma ishlar, ijodiy imtihonlar o‘tkazildi, 14 ta oliy ta'lim muassasasida ushbu jarayon davom ettirilmoqda.

     2014-05-06

    3965

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari otkazildi

    2013 yil 29-30 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-son qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida ingliz tilidan B2 va C1 darajalari uchun, nemis, fransuz va koreys tillaridan B2 darajasi uchun o’tkazildi. Test sinovlarida 48 nomzod ishtirok etdi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.

     2014-05-01

    3163

    to'liqroq
  • Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi davom etmoqda!

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida belgilangan tartibda tuzilgan attestatsiya komissiyalari pedagog xodimlar bilan attestatsiyaning suhbat jarayonini o‘tkazmoqda.

    Bugungi kungacha komissiyalar tomonidan 16182 nafar pedagog xodim attestatsiyadan o‘tkazildi.  

     2014-04-30

    1668

    to'liqroq
  • Chet tili oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari natijalari

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10-dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda chet tili o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovlarida jami 16719 pedagog qatnashdi, shundan 15718 nafari xalq ta’limi tizimida, 884 nafari o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar, 112 nafari oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari va 5 nafari pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari metodistlaridir.

    Test sinovi natijalari Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida http://nsfla.dtm.uz/ e’lon qilingan.

    Natijangizni ko’rish uchun “Interaktiv xizmatlar” bo’limining “Ustama haq belgilash testi natijalari” sahifasiga javob varaqangiz raqamini kiriting.

    Ustama belgilash testining keyingi bosqichiga arizalar qabul qilish davom etmoqda.

     2014-04-28

    11398

    to'liqroq
  • Davlat test markaziga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10 apreldagi PQ-2163-son qaroriga ko‘ra Ismailov Jaxongir Gafurovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

     2014-04-12

    8376

    to'liqroq
  • Test sinovlari jarayonlarining muhim masalalari boyicha yigilishlar otkazildi

    Davlat test markazi direktorining 2014 yil 16 martdagi 01–68-son buyrug‘i asosida joriy yilning 17 mart - 4 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

    Ularda kun tartibiga qo‘yilgan quyidagi masalalar ko‘rildi:

    1. 2013/2014 o‘quv yilida ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari tahlili.

    2. 2014/2015 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlarini tashkil etishda asosiy vazifalarni belgilash.

    Yig‘ilishlarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq ta'limi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Boshqarmalari, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta'limi muassasalari, oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.

    Yig‘ilishlarda o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan test sinovlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun tayyorgarlik darajasi muhokama qilindi. Mahalliy davlat hokimiyati, Davlat test markazi, boshqarmalar va ta'lim muassasalarining hamkorligini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va asosiy vazifalar belgilab olindi. 2014/2015 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda joylardagi tashkilotlar, ta'lim muassasalari rahbarlariga berilgan zarur topshiriqlar va vazifalar, ularning bajarilishini nazorat ostiga olish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

     2014-04-10

    4305

    to'liqroq
  • Imtihon oluvchilarni tayyorlash - chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimining asosiy vazifalardan biri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2014 yil 20-21 fevral kunlari Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, oliy ta'lim tizimi pedagog, rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda “Chet tillari o‘qituvchilarining produktiv nutq kompetensiyalarini baholash usullari” mavzusidagi respublika seminar-trening o‘tkazildi.

    Ushbu seminarning asosiy maqsadi chet tili fani o‘qituvchilarni yangi formatdagi testning muhim qismi - yozish va gapirish nutq ko‘nikmalarni baholash mezonlari bilan tanishtirishdir.

    Seminarda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikamizning barcha viloyatlaridan 80 nafardan ko‘proq universitet va pedagogika institutlari xorijiy tillar kafedralari o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

    Seminar-trening dasturi doirasida seminar ishtirokchilari uchun Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash Milliy test tizimining me'yoriy-huquqiy asosi, yangi formatdagi test toshiriqlari tuzilishi, spetsifikatsiyasi va yozish, gapirish nutq ko‘nikmalarini baholash usullari, mezonlari mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

    Shuningdek, seminar tinglovchilari tajriba test sinovi va seminarning sho‘balar (ingliz, nemis va fransuz tillari) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Bunda seminar trenerlari bilan o‘zaro hamkorlikda yozish, gapirish nutq ko‘nikmalarini baholash jarayonini o‘zlashtirdilar, taklif etilgan baholash mezonlarni muhokama qildilar.

    Seminar ishtirokchilariga test savollari kitobi bilan javoblar varaqasi, yozish va gapirish qismlari bo‘yicha  baholash  mezonlaridan iborat seminar materiallari berildi.

    Ushbu seminar va taqdim etilgan materiallar o‘qituvchilarga chet tili fani o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustamalarni belgilash uchun o‘tkaziladigan test topshiriqlarining formati, yozish, gapirish nutq ko‘nikmalarini baholash usullari va mezonlari bilan tanishishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

     2014-02-28

    Прочитали: 5102

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
  www.uz
Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi
 Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 299
Yakunlangan 293
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 3
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 361
Yakunlangan 361
(24.11.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma