Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari attestatsiyadan otkazilmoqda
Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 15 oktyabrda tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida 29 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining attestatsiyasi o‘tkazildi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining attestatsiya natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash, shuningdek, may-iyun oylarida attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan 31 ta ta'lim muassasalarining attestatsiyaga taqdim etgan hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.