Chet tili oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama haq belgilash uchun test sinovlari otkazildi
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama haq belgilash uchun test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun jami 2406 nafar o‘qituvchilar ariza bergan, jumladan ingliz tili fanidan 2159 nafar, nemis tili fanidan 164 nafar, fransuz tilidan 83 nafar o‘qituvchilar ariza bergan.
Test sinovlarining ushbu bosqichida xalq ta'limi tizimi o‘qituvchilaridan 800 nafardan ortiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidan 1032 nafar hamda oliy ta'lim va malaka oshirish tizimidan 563 nafar mutaxasislar qatnashmoqda.
Test topshiriqlari talabgorlarning tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalari hamda yozish ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan.
Test sinovlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasining nsfla.uz saytida chop etiladi.