Magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlariga taklif
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 65 ta oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Ushbu takliflarni tayyorlashda oliy ta'lim muassasalarida qabul rejasining bajarilishi, professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati, magistratura mutaxassisligining davlat akkreditatsiyasiga ega ekanligi kabi ko‘rsatkichlar e'tiborga olindi.
Qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha tayyorlangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etildi.