Test sinovlari jarayonlarining muhim masalalari boyicha yigilishlar otkazildi
Davlat test markazi direktorining 2014 yil 16 martdagi 01–68-son buyrug‘i asosida joriy yilning 17 mart - 4 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Ularda kun tartibiga qo‘yilgan quyidagi masalalar ko‘rildi:
1. 2013/2014 o‘quv yilida ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari tahlili.
2. 2014/2015 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlarini tashkil etishda asosiy vazifalarni belgilash.
Yig‘ilishlarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq ta'limi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Boshqarmalari, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta'limi muassasalari, oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishlarda o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan test sinovlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun tayyorgarlik darajasi muhokama qilindi. Mahalliy davlat hokimiyati, Davlat test markazi, boshqarmalar va ta'lim muassasalarining hamkorligini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va asosiy vazifalar belgilab olindi. 2014/2015 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda joylardagi tashkilotlar, ta'lim muassasalari rahbarlariga berilgan zarur topshiriqlar va vazifalar, ularning bajarilishini nazorat ostiga olish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.