λ : Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
 HTTP PROXY,  http://dtm.uz?mod=news&page=7, - SafeWeber.ru
: 10.01.2017. 19:02.

SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar

RSS
  • Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari attestatsiyadan otkazilmoqda

    Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari attestatsiyadan otkazilmoqda

    Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 15 oktyabrda tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida 29 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining attestatsiyasi o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining attestatsiya natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash, shuningdek, may-iyun oylarida attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan 31 ta ta'lim muassasalarining attestatsiyaga taqdim etgan hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

     

     2015-05-06

    2066

    to'liqroq
  • Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash

    Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda hududlardagi 31 ta oliy ta'lim muassasasi hamda ularning 15 ta filiallarida professor-o‘qituvchilarning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” bo‘yicha bilim darajasini aniqlashga oid test sinovlari o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda test sinovlari Toshkent shahridagi 27 ta  oliy  ta'lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

     2015-05-01

    8891

    to'liqroq
  • Gapirish konikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi

    Gapirish konikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi

    Gapirish ko‘nikmasini baholash sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini mazkur saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limining “Test natijalari” sahifasidan bilishi mumkin. Oylik maoshlariga ustama haq olish maqsadida 2013-2014 o‘quv yilida test sinovidan o‘tib, natijada tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalari bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori ball, yozma ishlardan va gapirish ko’nikmasidan 50 foiz va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga ustama haq olish uchun ma’lumotnoma beriladi.

     2015-05-01

    2743

    to'liqroq
  • Respublika boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkaziladi

    Respublika boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkaziladi

    2015/16-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga talabalar, oliy harbiy ta'lim muassasalariga tinglovchi va kursantlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda o‘tkaziladigan test sinovlariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun 2015-yil 27-apreldan 18-mayga qadar amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

    Tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi 52 ta tuman va shaharlarda tashkil etiladi.

    Tasdiqlangan jadval asosida amaliy seminar mashg‘ulotlari Davlat test markazi vakillari sifatida jalb etiluvchi nomzodlar uchun viloyat (shahar)lar markazlarida, auditoriya nazoratchilari sifatida jalb etiluvchi nomzodlar uchun nomzodlar faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasalarida oliy ta'lim muassasalaridan belgilangan ma'ruzachilar tomonidan o‘tkaziladi.

    Amaliy seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 03-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011-yil 8-iyulda 2242-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda 2013-yil 19-iyulda 2480-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Yo‘riqnoma” asosida o‘tkaziladi.

     2015-04-22

    3028

    to'liqroq
  • Davlat test markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilandi

    Davlat test markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilandi

    Davlat test markazida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” gi 73-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari  bilan ishlash tartibi belgilandi.

    Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash “Davlat test markazida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi. Ushbu Nizom Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining 2015 yil 4 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida muhokama qilindi va ma'qullandi. Nizom DTMning 2015 yil 9 apreldagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash uchun amaliyotga joriy etildi. 

    Nizomda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni berish tartibi, Davlat test markazida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish tartibi, murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik kabi qoidalar belgilangan.

    Ushbu Nizom Davlat test markazining saytiga joylashtirilgan.

     2015-04-15

    2547

    to'liqroq
  • Attestatsiya komissiyalari tuzildi

    Attestatsiya komissiyalari tuzildi

    Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandida belgilangan tartibga muvofiq Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligining qarori bilan 2015 yil 6 aprel kuni xalq ta'limi hududiy boshqarmalari huzurida Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyalari tuzildi.

    Nizomga muvofiq tuman (shahar) va ta'lim muassasalari attestatsiya komissiyalari tuzilishi belgilandi.

     2015-04-08

    2778

    to'liqroq
  • Oliy talim muassasalari professor-oqituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar boyicha test sinovlari otkaziladi

    Oliy talim muassasalari professor-oqituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar boyicha test sinovlari otkaziladi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining 24167 nafar professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2015 yil aprel oyida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

     2015-04-02

    2566

    to'liqroq
  • Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish muddati belgilandi

    Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish muddati belgilandi

    Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida belgilangan tartibga muvofiq pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvali 2015 yil 27 mart kuni tasdiqlandi.

    Tasdiqlangan jadvalga muvofiq joriy yil aprel-iyun oylarida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 26483 nafar pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi va ularga tegishli malaka toifalari beriladi. 

     2015-03-31

    3899

    to'liqroq
  • Magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlariga taklif

    Magistratura mutaxassisliklari qabul parametrlariga taklif

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 65 ta oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Ushbu takliflarni tayyorlashda oliy ta'lim muassasalarida qabul rejasining bajarilishi, professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati, magistratura mutaxassisligining davlat akkreditatsiyasiga ega ekanligi kabi ko‘rsatkichlar e'tiborga olindi.

    Qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha tayyorlangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga va O‘zbekiston  Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etildi.

     2015-03-30

    2754

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari natijalari e’lon qilindi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari natijalari e’lon qilindi

    2015 yil 10-11 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish to’g’risida”gi  352-sonli Qarori asosida nomzodlarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz saytida e´lon qilindi.

    45 nafar talabgorlardan 25(55,6) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B2 darajasiga 10 nafar, arab tili bo’yicha 8 nafar, koreys tili bo’yicha 5 nafar, ingliz tili bo’yicha C1 darajasiga - 1 nafar, francuz tili bo’yicha  – 1 o’qituvchi ijobiy natijaga erishdi.

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.

     2015-03-23

    Прочитали: 2720

    to'liqroq
  • Davlat organlari faoliyatining ochiqligi – davr talabi

    Davlat organlari faoliyatining ochiqligi – davr talabi

    Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman kengashi va Davlat test markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga axborot tayyorlashda eng faol tarkibiy bo‘linma hamda eng dolzarb axborot muallifi tanlovi o‘tkazildi.

    Bugungi kunda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining amaliyotga joriy etilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini hamda ular faoliyatidan keng jamoatchilikning xabardor bo‘lish huquqini ta'minlashga, ularning amalga oshirayotgan ishlari va qabul qilayotgan qarorlari sifatini oshirish borasidagi mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu qonun jamiyatda demokratiyaning yanada rivojlanishiga huquqiy asos bo‘lib, mamlakatimiz va jamiyatimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Davlat test markazida ham ushbu Qonun ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda va axborotdan hammaning foydalanish mumkinligiga erishilmoqda.

    Davlat test markazi faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalaridan biri uning rasmiy veb-sayti dtm.uz hisoblanadi.

    Veb-saytda Davlat test markazi faoliyatiga oid ma'lumotlar o‘z vaqtida va muntazam berilmoqda. Jumladan, ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari, pedagog kadrlar attestatsiyasi, ta'lim muassasalarining attestatsiyasi va akkreditatsiyasi, chet tillarini bilish va egallash darajasini baholashga oid va boshqa ma'lumotlar doimiy yoritilib borilmoqda.

    Alohida ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti dtm.uz nafaqat yozgi test sinovlari davrida, balki yil davomida saytga kiruvchilar soni bo‘yicha davlat organlarining veb-saytlari reytingida birinchi o‘ntalikdan joy olib kelmoqda. Bunda albatta Davlat test markazining Axborot xizmati va tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislarining xizmati katta.

    Davlat test markazi veb-sayti sahifalarini yanada boyitish, xodimlarning axborot tayyorlash bo‘yicha olib borayotgan ishlarini rag‘batlantirish maqsadida Davlat test markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan axborot tayyorlashda eng faol tarkibiy bo‘linma hamda eng dolzarb axborot muallifi tanlovi e'lon qilindi va aynan Navro‘z bayrami arafasida uning g‘oliblari aniqlandi.

    Tanlov natijalariga ko‘ra, veb-saytdagi eng ko‘p o‘qilgan hamda boshqa ommaviy axborot vositalari (veb-saytlar)da izoh va xavolalar berilgan axborotlar tanlab olindi. Jumladan, 2014 yilning 4-choragida  e'lon qilingan “Test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgarishlar kiritildi”, “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilganlar soni, foizi va o‘rtacha bali haqida ma'lumot”, 2015 yilning 1-choragida e'lon qilingan “2014-2015 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarida o‘tish ballari”, “Ta'lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati” eng dolzarb ma'lumotlar deb topildi.

    Shuningdek, saytga axborot berishda eng faol tarkibiy bo‘linma sifatida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi va Uzluksiz ta'lim tizimida professor-pedagoglar tarkibini va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi e'tirof etildi.

    Tanlov g‘oliblari Ta'lim, fan va madaniyat  xodimlari kasaba uyushmasi Yunusobod tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

     2015-03-20

    2542

    to'liqroq
  • Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish tartibi haqida

    Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish tartibi haqida

    Xalq ta'limi tizimidagi davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi “Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 37-bandida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkaziladi.

    Pedagog kadrlarning malaka toifalari bo‘yicha malaka tavsiflariga muvofiqligi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 14 iyundagi 186-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta'limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”ning 11-§ dagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi.

    Malaka sinovlari (testlar, yozma va ijodiy ishlar) yordamida pedagog kadrning ixtisoslik bo‘yicha bilim darajasi va pedagogik ko‘nikmalari ma'lumoti haqidagi yoki qayta tayyorlashdan olgan diplomida ko‘rsatilgan o‘quv fani bo‘yicha aniqlanadi.

    Shu bilan birgalikda pedagog kadrning o‘quv-metodik, ma'naviy-ma'rifiy faoliyati va tarbiyaviy ishlari, nazorat sinovlari yordamida o‘quvchilarining fan bo‘yicha bilimlari o‘rganiladi, shuningdek attestatsiya qilinuvchi bilan bevosita suhbat qilinadi.

     2015-03-19

    2542

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari otkazildi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun   navbatdagi test sinovlari otkazildi

    2015 yil 10-12 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, C1 darajasi uchun  fransuz tilidan, B2 darajasi uchun arab va  koreys  tillaridan o’tkazildi.

    Test sinovlarida 46 nomzod ishtirok etdi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).

     2015-03-13

    1480

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o`tkaziladi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o`tkaziladi

    2015 yil 10-11 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, C1 darajasi uchun  fransuz tilidan, B2 darajasi uchun arab tilidan, , B2 darajasi uchun koreys  tilidan,o’tkaziladi.

    10 mart kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”),  11  mart kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazildi.

    Test sinovlarida 46 nomzod ishtirok etadi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.

     2015-03-04

    Прочитали: 2230

    to'liqroq
  • Diqqat: Chet tillar oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorlanish uchun metodik qo’llanmaning ikkinchi, qayta ishlangan nashri chop qilindi

    Diqqat: Chet tillar oqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorlanish uchun metodik qo’llanmaning ikkinchi, qayta ishlangan nashri chop qilindi

    Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi chet tillar oqituvchilarininga bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorlanishda amaliy yoydam berishdir. Qo‘llanmada barcha nutq ko‘nikmalari bo‘yicha turli tipdagi test topshiriqlarini bajarish bo‘yicha aniq tavsiyalar, shuningdek, baholash mezonlari keltirilgan. Qollanmada test topshiriqlarini yechish bo‘yicha misollar ingliz tilida keltirilgan; shu bilan birga, test topshiriqlari formati va ularni yechish algoritmi barcha tillar uchun bir xil ekanligini inobatga olgan holda, qo‘llanma barcha o‘qituvchilar uchun foydali bo‘ladi. Umid qilamizki, ushbu nashr test topshiriqlari formati bilan tanishish va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishda samarali yordam bo‘ladi.

    Qo’llanmaning elektron variantini http://nsfla.uz saytida “Ustama belgilash test sinovi” bo’limidan yuklab olishingiz mumkin.

     2015-02-23

    Прочитали: 2730

    to'liqroq
  • 2014-2015 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarida o‘tish ballari

    2014-2015 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarida o‘tish ballari

    DTM saytida oliy ta'lim muassasalariga 2014-2015 o‘quv yilida talabalikka qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov va o‘tish ballari to‘g‘risidagi ma'lumot e'lon qilinmoqda.

    Unda 57 ta oliy ta'lim muassasasi hamda ularning 11 ta filiali, 2 ta fakulteti va 1 ta bo‘limida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ta'lim yo‘nalishlari kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida qabul rejasi, abituriyentlar soni, tanlov (1 o‘ringa to‘g‘ri kelgan abituriyentlar soni), yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish bali va o‘rtacha o‘tish bali keltirilgan.

    O‘rtacha o‘tish bali muayyan yo‘nalishda davlat granti (yoki to‘lov-shartnoma) bo‘yicha talabalikka qabul qilingan barcha abituriyentlar to‘plagan ballarning o‘rtachasi demakdir.

    O‘tish bali muayyan ta'lim yo‘nalishida belgilangan qabul kvotasi doirasida davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha eng quyi chegarasidagi qiymatidir.

    Ushbu ma'lumotlar oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga foydali bo‘ladi degan umiddamiz.

     2015-02-17

    Прочитали: 92937

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovi natijalari e’lon qilindi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovi natijalari e’lon qilindi

    2015 yil 27-28 ynvar kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish to’g’risida”gi  352-sonli qarori asosida nomzodlarning chet tilini  bilish darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

    47 nafar talabgorlardan 18 nafari (38,3%) ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B2 darajasiga 15 nafar,  C1 darajasiga  2 nafar, nеmis tili bo’yicha 1 nafar.

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda. 

     2015-02-09

    Прочитали: 2342

    to'liqroq
  • Chet tillari o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama belgilash uchun o’tkaziladigan test sinovlari tartibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi

    Chet tillari o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama belgilash uchun o’tkaziladigan test sinovlari tartibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi

    2015 yil 28 yanvarda 2520-1-son bilan Adliya vazirligida davlat ro’yhatidan o’tkazilgan  Davlat test markazining 2015 yil 19 yanvardagi 01-15-sonli buyrug’i bilan chet tillari o’qituvchilarining lavozim maoshlariga ustama belgilash uchun o’tkaziladigan test sinovlari tartibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

    Mazkur o’zgartirish va qo’shimchalar oylik maoshlariga oylik ustama haq oladigan chet tillari o’qituvchilarining safini kengaytirish ularga qo’shimcha  imkoniyatlar berish maqsadida kiritildi.

    O’zgartirishlarga muvofiq chet tilllari o’qituvchilari test sinovidan muvaffaqiyatli o’tish uchun tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalari bo’limlarining har biridan kamida 40 foiz ball to’plashi kerak. Jami, har bir bo’limdagi 30 ta savoldan kamida 12 tasiga to’g’ri javob berish kerak.  Yozish va gapirish bo’limlarining ҳar biridan esa kamida 50 foiz to’plash talab etiladi.  

    Ma’lumki, chet tillari o’qituvchilariga ustama haq belgilash asoslaridan biri Davlat test markazi tomonidan beriladigan test sinovidan muvaffaqiyatli o’tganlik haqidagi ma’lumotnomadir. Bugunki kunda qator o’qituvchilar chet tilini bilish darajasi haqidagi turli hil,  jumladan xalqaro sertifikatlariga egadir. Bunday o’qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sertifikatga ega bo’lganlarni test sinoviga jalb etmaslik va ularning Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to’g’risidagi malaka sertifikati bo’yicha C1 darajasiga, IELTS sertifikati bo’yicha 7,0 va undan yuqori ballga, TOEFL (IBT) sertifikati bo’yicha 110 va undan yuqori ballga, Test DaF, GOETHE-ZERTIFIKAT, DALF, DELE sertifikatlari bo’yicha C1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi ҳujjati test sinovidan muvaffaqiyatli o’tganlik haqidagi ma’lumotnoma o’rnida qabul qilinishi to’g’risida qo’shimcha kiritildi. 

    Test sinovi topshiriqlarining tarkibiga ham o’zgartirish kiritildi, jami  chet tilini o’qitish metodikasi bo’limi chiqarildi, yangi tartibga muvofiq test sinovi topshiriqlari  5 ta bo’limdan iborat bo’ladi: tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish, gapirish bo’limlari. 

    Yana bir kiritilgan o’zgartirish - test sinovi topshiriqlariga ajratilgan vaqt me’yorlaridir. Hususan, yangi tartibga muvofiy o’qish bo’limiga 75 daqiqa o’rniga 60 daqiqa vaqt ajratiladi, yozish bo’limidagi topshiriqlarni bajarishga 45 daqiqa o’rniga 60 daqiqa vaqt beriladi.  Jami test sinovi 3 soat 15 daqiqa davom etadi.

    Test sinovida ishtirok etish uchun o’qituvchilardan arizilar har yili aprel va noyabr oylarida qabul qilinishi belgilandi.

    O’qituvchilarning ish joyi o’zgartirish, bir ta’lim tizimidan boshqa ta’lim tizimiga o’tish holatlarini inobatga olgan holda o’zgartirilgan tartibda Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo’yicha test sinovidan o’tganlik haqidagi ma’lumotnoma barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun bir hil kuchga egaligi belgilandi

     2015-02-05

    Прочитали: 3399

    to'liqroq
  • Ta’limi muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati

    Ta’limi muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati

    Davlat test markazi 2015-2016 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi tavsiyalariga ko‘ra umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida amalda qo‘llanayotgan umumta'lim fanlari bo‘yicha quyidagi darsliklarga asoslanishini ma'lum qiladi.

    2015-2016 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat bosqichi bo‘yicha qabul test sinovlarida foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati (ta`lim tillari kesimida)
    Fan kesimida Darslik va o‘quv qo‘llanma nomi Tipi Nashr etilgan yil Muallif
    O‘zbek tilidagi adabiyotlar 
    1 Ona tili va adabiyot Ona tili 5 sinf 2011 N.Mahmudov va b.
    2 Ona tili 6 sinf 2013 N.Mahmudov va b.
    3 Ona tili 7 sinf 2013 N.Mahmudov va b.
    4 Ona tili 8 sinf 2014 M.Qodirov va b.
    5 Ona tili 9 sinf 2014 N.Mahmudov va b.
    6 Ona tili va adabiyot AL-kol 2014 A.Rafiyev va b.
    7 Xozirgi o‘zbek adabiy tili (1-3 qism) AL-kol 2011 A.Nurmonov va b.
    8 Hozirgi o‘zbek adabiy tili AL-kol 2010 G‘.Abduraxmanov
    9 Adabiyot (1, 2 qism) 5 sinf 2011 S.Axmedov va b.
    10 Adabiyot (1, 2 qism) 6 sinf 2013 S.Axmedov va b.
    11 Adabiyot 7 sinf 2013 Q.Yo‘ldoshev va b.
    12 Adabiyot (1, 2 qism) 8 sinf 2014 S.Olimov va b.
    13 Adabiyot (1, 2 qism) 9 sinf 2014 Q.Yo‘ldoshev va b.
    14 Adabiyot AL-kol 2010 B.To‘xliyev
    15 Adabiyot (majmua 1-3 qism) AL-kol 2010 B.To‘xliyev va b.
    16 Adabiyot qoidalari AL-kol 2011 X. Umirov
    17 Ingliz tili  Ingliz tili «Fly High English» 5 sinf 2011 L.Jo‘rayev va b.
    18 Ingliz tili «Fly High English» 6 sinf 2013 L.Jo‘rayev va b.
    19 Ingliz tili «Fly High English» 7 sinf 2013 L.Tsoy va b.
    20 Ingliz tili  «Fly High English» 8 sinf 2014 L.Jo‘rayev va b.
    21 Ingliz tili  «Fly High English» 9 sinf 2014 L.Jo‘rayev va b.
    22 Ingliz tili  «English B1» (1 qism) AL-kol 2014 G.Bakiyeva va b.
    23 Ingliz tili (1-3 qism) AL-kol 2007 M.Gadoyeva va b.
    24 Ingliz tili (1 qism) AL-kol 2011 Q.Sattorov va b.
    25 Ingliz tili (2 qism) AL-kol 2011 O.Mo‘minov va b.
    26 Ingliz tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Bakiyeva va b.
    27 Ingliz tili gramatikasi AL-kol 2011 M.Gapparov
    28 Nemis tili Nemis tili  «Deutsch» 5 sinf 2011 M.Qiyomova va b.
    29 Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 6 sinf 2013 N.Suxanova  va b.
    30 Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 7 sinf 2013 N.Suxanova va b.
    31 Nemis tili  «Assalom, Deutsch!» 8 sinf 2014 N.Suxanova va b.
    32 Nemis tili  «Deutsch» 9 sinf 2014 M.Dadaxodjayeva.va b.
    33 Nemis tili «Deutsch» (1 qism) AL-kol 2014 S.Abdullayeva va b.
    34 Nemis tili (1 qism) AL-kol 2011 M.Dadaxo‘jayeva
    35 Nemis tili (2 qism) AL-kol 2011 A.Abdullayeva
    36 Nemis tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Pan
    37 Nemis tili AL-kol 2010 V.Zardinova
    38 Nemis tili grammatikasi AL-kol 2002 K.Tanikulova
    39 Fransuz tili  Fransuz tili «Bonjour la France» 5 sinf 2011 A.Nosirov va b.
    40 Fransuz tili  6 sinf 2013 Z.Abdushukurova va b.
    41 Fransuz tili  7 sinf 2013 V.Buxin va b.
    42 Fransuz tili  «Le nouveau voyage en France» 8 sinf 2014 Z. Abdushukurova va b.
    43 Fransuz tili  «D’un Etat a l’autre» 9 sinf 2014 S. Raxmonov va b.
    44 Fransuz tili «Job ou Formation?» (1 qism) AL-kol 2014 Z.Davronova va b.
    45 Fransuz tili (1 qism) AL-kol 2011 M. Ubaydullayeva
    46 Fransuz tili (2 qism) AL-kol 2011 J.Yoqubov
    47 Fransuz tili (3 qism) AL-kol 2011 L.Abdushukurova
    48 Fransuz tili AL-kol 2002 S.Mirsagatova
    49 Tarix Tarix 6 sinf 2013 A.Sa’dullayev va b.
    50 O‘zbekiston tarixi 7 sinf 2013 A.Muhammadjonov
    51 O‘zbekiston tarixi 8 sinf 2014 Q.Usmonov va b.
    52 O‘zbekiston tarixi 9 sinf 2014 S.Tillayev va b.
    53 O‘zbekiston tarixi (1 qism) AL-kol 2014 Q.Usmonov va b.
    54 O‘zbekiston tarixi (2 qism) AL-kol 2012 Q.Usmonov va b.
    55 Jahon tarixi 7 sinf 2013 T.Salimov va b.
    56 Jahon tarixi 8 sinf 2014 U.Jo‘rayev va b.
    57 Jahon tarixi 9 sinf 2014 M.Lafasov va b.
    58 Jahon tarixi AL-kol 2014 M.Lafasov va b.
    59 Matematika Matematika 5 sinf 2011 B.Haydarov
    60 Matematika 6 sinf 2013 M.Mirzaahmedov va b.
    61 Algebra 7 sinf 2013 Sh.Alimov va b.
    62 Algebra 8 sinf 2014 Sh.Alimov va b.
    63 Algebra 9 sinf 2014 Sh.Alimov va b.
    64 Algebra va matematik analiz asoslari (1, 2 qism) AL-kol 2014 A.Abduxamidov va b.
    65 Algebra va analiz asoslari AL-kol 2003 R.Vafoyev va b.
    66 Matematika (1, 2 qism) AL-kol 2014 A.Meliqulov va b.
    67 Geometriya 7 sinf 2013 A.Azamov va b.
    68 Geometriya 8 sinf 2014 A.Raximqoriyev
    69 Geometriya 9 sinf 2014 B.Haydarov va b.
    70 Geometriya (1, 2 qism) AL-kol 2010 I.Isroilov va b.
    71 Geometriya AL-kol 2005 X.Sayfullayeva
    72 Informatika Informatika 5 sinf 2012 D.Kamoliddinova
    73 Informatika 6 sinf 2013 B.Boltayev va b.
    74 Informatika 7 sinf 2013 B.Boltayev va b.
    75 Informatika 8 sinf 2011 B.Boltayev va b.
    76 Informatika 9 sinf 2011 B.Boltayev va b.
    77 Informatika va axborot texnologiyalari AL-kol 2014 A.Sattorov
    78 Informatika AL-kol 2002 A.Ahmedov va b.
    79 Informatika AL-kol 2002 M.Aripov va b.
    80 Informatika AL-kol 2012 R.Boqiyev
    81 Informatika AL-kol 2005 U.Yo'ldoshev va b.
    82 Fizika Fizika 6 sinf 2013 N.Turdiyev
    83 Fizika 7 sinf 2013 P.Xabibullayev va b.
    84 Fizika 8 sinf 2014 P.Xabibullayev va b.
    85 Fizika 9 sinf 2014 P.Xabibullayev va b.
    86 Fizika (1, 2 qism) AL-kol 2014 A.G‘aniyev va b.
    87 Mexanika va molekular fizika AL-kol 2010 M.O‘lmasova
    88 Fizika AL-kol 2010 M.O‘lmasova
    89 Fizika (optika, atom va yadro fizika) AL-kol 2010 M.O‘lmasova
    90 Fizika (1-3 qism) AL-kol 2002-2004 A.No‘omonxo‘jayev va b.
    91 Biologiya Botanika 5 sinf 2011 O‘.Pratov va b.
    92 Botanika 6 sinf 2013 O‘.Pratov va b.
    93 Zoologiya 7 sinf 2013 O.Mavlonov
    94 Odam va uning salomatligi 8 sinf 2014 B.Aminov va b.
    95 Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari 9 sinf 2014 A.Zikiryayev va b.
    96 Biologiya AL-kol 2014 A.Gofurov va b.
    97 Kimyo Kimyo 7 sinf 2013 I.Asqarov  va b
    98 Kimyo 8 sinf 2014 I.Asqarov va b.
    99 Kimyo 9 sinf 2014 I.Asqarov va b.
    100 Kimyo AL-kol 2005 A.Abdusamatov
    101 Kimyo AL-kol 2014 I.Tirkashev va b
    102 Anorganik kimyo AL-kol 2013 I.Toshev va b.
    103 Organik kimyo AL-kol 2011 A.Abdusamatov
    104 Geografiya Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi 5 sinf 2011 P.G‘ulomov va b.
    105 Geografiya 6 sinf 2013 A.Soatov va b.
    106 Geografiya 7 sinf 2013 P.G‘ulomov va b.
    107 Geografiya 8 sinf 2014 P. Musayev va b.
    108 Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi 9 sinf 2014 A. Qayumov va b
    109 Amaliy geografiya AL-kol 2014 A.Rafiyev va b.
     
    1   5 2011 . .
    2 6 2013 .
    3 7 2013 . .
    4    8 2014
    5 9 2014 . .
    6 ( ) - 2011 .
    7 ( ) - 2011 . .
    8 - 2013 ., .
    9 5 2011 . .
    10 (1,2 ) 6 2013 . .
    11   7 2013 . .
    12 (1,2 ) 8 2014 ..
    13 (1,2 ) 9 2014 . .
    14 ( I )  - 2013 ., .
    15 - 2013 ..
    16   - 2011 .
    17 «Fly High English» 5 2011 . .
    18 «Fly High English» 6 2013 . .
    19 «Fly High English» 7 2013 . .
    20 «Fly High English» 8 2014 . .
    21 «Fly High English» 9 2014 . .
    22 «English B1» (1 ) AL-kol 2014 . .
    23 (1-3 ) - 2007 . . 
    24 (1 ) - 2011 . .
    25 (2 ) - 2011 . .
    26 (3 ) - 2011 . .
    27 - 2011 .
    28   «Deutsch» 5 2011 . .
    29 «Assalom, Deutsch!» 6 2013 . .
    30 «Assalom, Deutsch!» 7 2013 . .
    31   «Assalom, Deutsch!» 8 2014 . .
    32   «Deutsch» 9 2014 . .
    33 «Deutsch» (1 ) AL-kol 2014 . .
    34 (1 ) - 2011 .
    35 (2 ) - 2011 .
    36 (3 ) - 2011 .
    37 - 2010 .
    38 grammatikasi - 2002 .
    39 «Bonjour la France» 5 2011 . .
    40 6 2013 . .
    41 7 2013 . .
    42 «Le nouveau voyage en France» 8 2014 . .
    43 «D’un Etat a l’autre» 9 2014 . .
    44 «Job ou Formation?» (1 ) AL-kol 2014 . .
    45 (1 ) - 2011 .
    46 (2 ) - 2011 .
    47 (3 ) - 2011 .
    48 - 2002 .
    49 6 2013 . .
    50 7 2013
    51 8 2014 . .
    52 9 2014 . .
    53 (1 ) - 2011 J. .
    54 (2 ) - 2011 J. .
    55 7 2013 . .
    56 8 2014 . .
    57 9 2014 . .
    58 - 2011 . .
    59 5 2011 .
    60 6 2013 . .
    61 7 2013 . .
    62 8 2014 . .
    63 9 2014 . .
    64 (1, 2 ) - 2009 . .
    65 7 2013 . .
    66 8 2014 .. 
    67 9 2014 . .
    68 (1 ) - 2005
    69   - 2002 .e
    70 5 2012 .
    71 6 2013 . .
    72 7 2013 . .
    73 8 2011 . .
    74 9 2011 . .
    75 - 2011 .
    76 - 2003 .
    77 - 2004 .
    78 6 2013
    79 7 2013 . .
    80 8 2014 . .
    81 9 2014 . .
    82 (1 ) - 2009 .
    83 (2) - 2011 .
    84 5 2011 . .
    85 6 2013 . .
    86 7 2013 .
    87 8 2014 . .
    88 .   9 2014 . .
    89 - 2013
    90 7 2013 . .
    91   8 2014 . .
    92 9 2014 . .
    93 - 2006 . ..
    94 - 2011 . ..
    95   5 2011 . .
    96 6 2013 . .
    97 7 2013 . .
    98   8 2014 . .
    99   9 2014 . .
    100 - 2010 .
    Qaraqalpaq tilidagi adabiyotlar
    1 Qoraqalpoq tili va adabiyoti          Ona  tili (Qaraqalpaq tili) 5 sinf 2011 Ye.Berdimuratov va b.
    2 Ona  tili (Qaraqalpaq tili) 6 sinf 2013 M.Davletov va b.
    3 Ona  tili (Qaraqalpaq tili) 7 sinf 2013 A.Davletov va b.
    4 Qoraqalpoq tili (Qaraqalpaq tili) 8 sinf 2014 M.Dauletov va b.
    5 Qoraqalpoq tili (Qaraqalpaq tili) 9 sinf 2014 M.Dauletov va b.
    6 Qoraqalpoq tili   AL-kol 2010 A.Davletov va b.
    7 Adabiyot (A'debiyat) 5 sinf 2011 J.Pirniyazov va b.
    8 Adabiyot (A'debiyat) 6 sinf 2013 Z.Ayjanova va b.
    9 Adabiyot (A'debiyat) 7 sinf 2013 K.Mambetov va b.
    10 Adabiyot  (A`debiyat) 8 sinf 2014 K.Mambetov va b.
    11 Adabiyot  ( A`debiyat) 9 sinf 2014 T.Mambetniyazov va b.
    12 Qoraqalpoq adabiyoti          AL-kol 2010 Q.Jarimbetov
    13 Ingliz tili  Ingliz tili «Fly High English» 5 sinf 2011 L.Jo‘rayev va b.
    14 Ingliz tili «Fly High English» 6 sinf 2013 L.Jo‘rayev va b.
    15 Ingliz tili «Fly High English» 7 sinf 2013 L.Tsoy va b.
    16 Ingliz tili  «Fly High English» 8 sinf 2014 L.Jo‘rayev va b.
    17 Ingliz tili  «Fly High English» 9 sinf 2014 L.Jo‘rayev va b.
    18 Ingliz tili  «English B1» (1 qism) AL-kol 2014 G.Bakiyeva va b.
    19 Ingliz tili (1-3 qism) AL-kol 2007 M.Gadoyeva va b.
    20 Ingliz tili (1 qism) AL-kol 2011 Q.Sattorov va b.
    21 Ingliz tili (2 qism) AL-kol 2011 O.Mo‘minov va b.
    22 Ingliz tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Bakiyeva va b.
    23 Ingliz tili gramatikasi AL-kol 2011 M.Gapparov
    24 Nemis tili Nemis tili  «Deutsch» 5 sinf 2011 M.Qiyomova va b.
    25 Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 6 sinf 2013 N.Suxanova  va b.
    26 Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 7 sinf 2013 N.Suxanova va b.
    27 Nemis tili  «Assalom, Deutsch!» 8 sinf 2014 N.Suxanova va b.
    28 Nemis tili  «Deutsch» 9 sinf 2014 M.Dadaxodjayeva.va b.
    29 Nemis tili «Deutsch» (1 qism) AL-kol 2014 S.Abdullayeva va b.
    30 Nemis tili (1 kism) AL-kol 2011 M.Dadaxo‘jayeva
    31 Nemis tili (2 kism) AL-kol 2011 A.Abdullayeva
    32 Nemis tili (3 kism) AL-kol 2011 G.Pan
    33 Nemis tili AL-kol 2010 V.Zardinova
    34 Nemis tili grammatikasi AL-kol 2002 K.Taniqulova
    35 Fransuz tili  Fransuz tili «Bonjour la France» 5 sinf 2011 A.Nosirov va b.
    36 Fransuz tili  6 sinf 2013 Z.Abdushukurova va b.
    37 Fransuz tili  7 sinf 2013 V.Buxin va b.
    38 Fransuz tili  «Le nouveau voyage en France» 8 sinf 2014 Z. Abdushukurova va b.
    39 Fransuz tili  «D’un Etat a l’autre» 9 sinf 2014 S. Raxmonov va b.
    40 Fransuz tili «Job ou Formation?» (1 qism) AL-kol 2014 Z.Davronova va b.
    41 Fransuz tili (1 qism) AL-kol 2011 M. Ubaydullayeva
    42 Fransuz tili (2 qism) AL-kol 2011 J.Yoqubov
    43 Fransuz tili (3 qism) AL-kol 2011 L.Abdushukurova
    44 Fransuz tili AL-kol 2002 S.Mirsagatova
    45 Tarix Tarix 6 sinf 2013 A.Sa’dullayev va b.
    46 O‘zbekiston tarixi 7 sinf 2013 .c 
    47 O‘zbekiston tarixi 8 sinf 2014 Q.Usmonov va b.
    48 O‘zbekiston tarixi 9 sinf 2014 S.Tillayev va b.
    49 O‘zbekiston tarixi (1, 2 qism) AL-kol 2012 Q.Usmonov va b.
    50 Qoraqalpog‘iston tarixi 5 sinf 2013 S.Kamolov va b.
    51 Qoraqalpog‘iston tarixi 6 sinf 2013 .Koshanov va b.
    52 Qoraqalpog‘iston tarixi 7 sinf 2013 .Koshanov va b.
    53 Qoraqalpog‘iston tarixi 8 sinf 2013 .leumuratov 
    54 Qoraqalpog‘iston tarixi 9 sinf 2014 S.Kamalov va b.
    55 Jahon tarixi 7 sinf 2013 T.Salimov va b.
    56 Jahon tarixi 8 sinf 2014 U.Jo‘rayev va b.
    57 Jahon tarixi 9 sinf 2014 M.Lafasov va b.
    58 Jahon tarixi AL-kol 2006 M.Lafasov va b.
    59 Matematika Matematika 5 sinf 2011 B.Haydarov
    60 Matematika 6 sinf 2013 M.Mirzaahmedov va b.
    61 Algebra 7 sinf 2013 SH.Alimov va b.
    62 Algebra 8 sinf 2014 SH.Alimov va b.
    63 Algebra 9 sinf 2014 SH.Alimov va b.
    64 Algebra va matematik analiz asoslari (1, 2 qism) AL-kol 2005 A.Abduxamidov va b.
    65 Matematika (1, 2 qism) AL-kol 2004 A.Meliqulov va b.
    66 Geometriya 7 sinf 2013 A.Azamov va b.
    67 Geometriya 8 sinf 2014 .K 
    68 Geometriya 9 sinf 2014 B.Haydarov va b.
    69   AL-kol 2006 X.Sayfullayeva
    70 Informatika Informatika 5 sinf 2012 D.Kamoliddinova
    71 Informatika 6 sinf 2013 B.Boltayev va b.
    72 Informatika 7 sinf 2013 B.Boltayev va b.
    73 Informatika 8 sinf 2011 B.Boltayev va b.
    74 Informatika 9 sinf 2011 B.Boltayev va b.
    75 Fizika Fizika 6 sinf 2013 N.Turdiyev
    76 Fizika 7 sinf 2013 P.Xabibullayev va b.
    77 Fizika 8 sinf 2014 P.Xabibullayev va b.
    78 Fizika 9 sinf 2014 P.Xabibullayev va b.
    79 Fizika (1 va 2 qism) AL-kol 2010 A.G‘aniyev va b.
    80 Biologiya Botanika 5 sinf 2011 O‘.Pratov va b.
    81 Botanika 6 sinf 2013 O‘.Pratov va b.
    82 Zoologiya 7 sinf 2013
    83 Odam va uning salomatligi 8 sinf 2014 B.Aminov va b.
    84 Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari 9 sinf 2014 A.Zikiryayev va b.
    85 Biologiya AL-kol 2012 A.Gofurov va b.
    86 Kimyo Kimyo 7 sinf 2013 I.Asqarov  va b.
    87 Kimyo 8 sinf 2014 I.Asqarov va b.
    88 Kimyo 9 sinf 2014 I.Asqarov va b.
    89 Kimyo AL-kol 2005 I.Tirkashev va b
    90 Geografiya Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi 5 sinf 2011 P.G‘ulomov va b.
    91 Geografiya 6 sinf 2013 A.Soatov va b.
    92 Geografiya 7 sinf 2013 P.G‘ulomov va b.
    93 Geografiya 8 sinf 2014 P.Musayev va b.
    94 Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi 9 sinf 2014 A. Qayumov va b.
    95 Qoraqalpog‘iston tabiiy geografiyasi 7 sinf 2005 Jabbarberganov va b.
    96 Qoraqalpog‘iston tabiiy geografiyasi 8 sinf 2004, 2008 Ye.Umarov va b.
    97 Amaliy geografiya AL-kol 2006 A.Rafiyev va b.

     

     2015-02-02

    13456

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari otkazildi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun   navbatdagi test sinovlari otkazildi

    2015 yil 27-28 yanvar kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun  fransuz tilidan, B2 darajasi uchun nemis tilidan  o’tkazildi.

    Test sinovlarida 49 nomzod ishtirok etdi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.

     2015-01-28

    1935

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Yanvar 2017
 
DuSeChPaJuShYa
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          
TASHRIFLAR TAHLILI
  www.uz
Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi
 Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 312
Yakunlangan 303
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 6
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 375
Yakunlangan 375
(26.12.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma