Davlat test markazida davra suhbati bolib otdi
Davlat test markazida 2016-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – demokratik va huquqiy jamiyat qurilishida asosiy omil sifatida” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universitetining dotsenti Boboev Jahongir Ismoilbekovich ishtirok etdi. J.I.Boboev asosan qomusimizga kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalarining tashkil etilish asoslari, norozilik kvotumlari, prezidentlik instituti mohiyati, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, parlament nazorati kabi muhim masalalar yuzasidan nutq so‘zladi. Nutq ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida xalqaro konvensiyalar, shartnomalar, bitimlarni ratifikatsiya qilinishi va konstitutsion normalar, prezidentlik vazifasini bajarishga kirishish muddatlari, keyingi vaqtlarda kiritilgan o‘zgartirishlar va ularning mohiyati to‘g‘risida berilgan savollarga qoniqarli javoblar berildi.
Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javob ruhida o‘tdi.
Axborot xizmati