Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun amaliy seminar mashgulotlari otkaziladi
Davlat test markazida 2014/15 o‘quv yilida oliy harbiy ta'lim muassasalariga kursantlar va tinglovchilar, oliy ta'lim muassasalariga talabalar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda test sinovlarini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlarga viloyatlardagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari tomonidan Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan nomzodlar uchun 2014 yil 11–21 iyun kunlari amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Amaliy seminar mashg‘ulotlari viloyat Xalq ta'limi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari va oliy ta'lim muassasalari hamkorligida markazlashgan holda tashkil etiladi.
Oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakili sifatida tavsiya etilgan va seminarda ishtirok etgan nomzodlar, o‘z navbatida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalaridan auditoriya nazoratchilari sifatida jalb etiluvchi pedagog xodimlar uchun jadvalda o‘tkazilishi belgilangan kunlarda amaliy seminar mashg‘ulotlarida ma'ruzachi bo‘lib ishtirok etadilar.