Oliy ta'lim muassasasida attestatsiya jarayoni otkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 17 yanvarda tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali» asosida 31 ta oliy ta'lim muassasasida attestatsiya jarayoni o‘tkazilmoqda. Attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom» hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma» asosida amalga oshirilmoqda.
Attestatsiya jarayonida barcha 31 ta oliy ta'lim muassasasining «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom»da belgilangan faoliyat yo‘nalishlari o‘rganildi. Shuningdek, 17 ta oliy ta'lim muassasasida talabalarning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari, yozma ishlar, ijodiy imtihonlar o‘tkazildi, 14 ta oliy ta'lim muassasasida ushbu jarayon davom ettirilmoqda.