Sertifikatlarni topshirish tartibi ozgardi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida “Pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”2016 yil 9 iyunda 2798-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur Nizom maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi.
Axborot xizmati