Attestatsiyadan otkazish jadvali tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2014 yilning 11 sentyabrida Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tmagan, attestatsiyadan shartli o‘tgan va attestatsiyaga jalb etilmagan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jadvali” tasdiqlandi.