Ayrim fanlar chuqur organiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 5-sinfiga oquvchilarni qabul qilish uchun test sinovlarini otkazish
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 5-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 29 aprelda 1950-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq Davlat test markaziga yuklangan.
Xalq ta'limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2014 yil 28 maydagi 188qb-sonli va 15/qb-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktab-internatlariga 2014-2015 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlangan.
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq test savollari ta'lim sohalari bo‘yicha mos ravishda matematika, ona tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladi. 5-sinf qabuli uchun ta'lim sohalari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi:
filologiya: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
ijtimoiy bilimlar: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
ma'naviyat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli ;
san'at: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
matematika: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
tabiiy bilimlar: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
texnologiya: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli. Savollar kitobi va javoblar varaqasi namunasi ilova qilinadi.
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 5-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish uchun test sinovlari 2014 yil 12 – 15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.