Oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilarini axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash boyicha test sinovlari otkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining xorijiy tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2014 yil 17-28 iyun kunlari test sinovlari o‘tkazildi. Jami 69 ta OTMlar va ularning filiallaridan 18453 nafar professor-o‘qituvchilar test sinovlarida ishtirok etdilar.