Yangiliklar
-
Oliy ta’lim muassalarida o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan 2015-yil 18-sentyabrda tasdiqlangan 2015–2016-yillarda oliy ta’lim muassasaldarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvaliga asosan 2016-yilning may-iyun oylarida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Soliq akademiyasi, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyalari attestatsiyadan o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarga jami 3514 nafar bakalavriat va magistratura talabalari jalb etildi. Hozirgi paytda o‘tkazilgan test sinovlari natijalarini hisoblash jarayoni ketmoqda.
Axborot xizmati
2016-06-16
Прочитали: 7253
-
Test sinovi natijalari taqdim etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasiga oliy, birinchi va shu malaka toifalariga talabgor pedagog kadrlar uchun 2016 yil mart-may oylarida o‘tkazilgan test sinovi natijalari joriy yil 7 iyun kuni taqdim etildi.
Axborot xizmati
2016-06-10
Прочитали: 45525
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom” ijrosi bo‘yicha Davlat test markazining “Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, ta'lim muassasalarini akkreditatsiyalash va ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash” bo‘limi tomonidan 2016 yil 23-27 may kunlari xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha Espert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari tashkil etildi.
2016 yilning may oyi davomida xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 58 nafar fuqarolardan arizalar qabul qilindi. Mazkur fuqarolardan qabul qilingan hujjatlar “Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari”, “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari ekspert komissiyalarining yig‘ilishlari kun tartibiga kiritildi va ekspertiza uchun vakolatli ekspertlarga yuborildi.
Ekspert komissiyalariga xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 152 nafar fuqarodan maxsus test sinovlarini topshirish uchun arizalar kelib tushdi.
Shuningdek, Ekspert komissiyalari tomonidan mutaxassislik fanlari bo‘yicha maxsus suhbatda 71 nafar talabgorlar ishtirok etdi. Suhbatda ishtirok etganlarning 30 nafari (42,5 foizi) ijobiy baholanib, diplomlari nostrifikatsiyaga tavsiya etildi.
“Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 7-bandiga asosan, kooperatsiya va maqsadli o‘qitish (davlatlararo bitimlar orqali) asosida 6 nafar fuqarolarga xorijiy davlatlarning ta'lim to‘g‘risidagi olingan hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshiruvsiz amalga oshirildi va tegishli tartibda guvohnomalar rasmiylashtirib berilishi belgilandi.
Sohalar bo‘yicha Ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari 2016 yilning 20-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati
2016-06-09
: 2739
-
Ustama haq belgilanishi uchun test sinovlari
19-maydan 3-iyunga qadar Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarda chet tillari o’qituvchilarining bazaviy lavozim oylik maoshlariga ustama haq belgilash uchun test sinovlari o’tkazildi.
Amaldagi Nizom bo'yicha ushbu test sinovlari quyida berilgan kompetensiyalarni tekshiradigan bo’limlardan iborat: Tinglab tushunish, O’qish, Leksik va Grammatik kompetensiyalar, Yozish.
Test sinovlarining ushbu qismlari tekshirib bo’lingandan so’ng o’qituvchilar o’z natijalarini nsfla.uz saytidan o’z ariza raqamlari ( maxsus kod)ni yoki javob varaqasi raqamlarini kiritib bilishlari mumkin.
Axborot xizmati
2016-06-04
: 8134
-
Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 107-sonli qarori bilan pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish tartibi belgilandi.
Axborot xizmati
2016-06-01
: 14950
-
2016 yil 23 may-15 iyun kunlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringi o’tkazilishi belgilangan.
Mazkur tadbir 2016 yil 23-25 may kunlari Toshkent viloyati,Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyatlarida o’tkazildi. Joriy yilning 01-15 iyun kunlari qolgan viloyatlarda monitoring davom ettiriladi.
Monitoringga jalb qilinadigan ta’lim muassasalari hududiy boshqarmalarda qur’a tashlash orqali aniqlab olinadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 tadan AL va 7 tadan KHKlari monitoringda qatnashadi. Monitoring jarayonida bitta bitiruvchi bosqich guruhi tanlab olinib, o’quvchilar “Matematika”, “Biologiya”, “Xorijiy til” fanlaridan 12 tadan (jami 36 ta) savoldan iborat test sinovlari topshiradilar.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida monitoring o‘tkazish muddatlari
Monitoring o‘tkazish
muddatlari
Hudud nomi
06.06.2016
Surxondaryo viloyati
07.06.2016
Qashqadaryo viloyati
08.06.2016
Buxoro viloyati
09.06.2016
Navoiy viloyati
10.06.2016
Samarqand viloyati
11.06.2016
Jizzax viloyati
13.06.2016
Andijon viloyati
14.06.2016
Farg‘ona viloyati
15.06.2016
Namangan viloyati
01.06.2016
Xorazm viloyati
02.06.2016
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Izoh. Monitoring guruhiga hududiy boshqarmalardan mas'ul xodimlar va jamoatchi ekspert sifatida OTMlar professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.
Axborot xizmati
2016-05-30
: 4124
-
Davlat umumiy o‘rta ta'lim maktablarining oliy va birinchi hamda shu malaka toifalariga da'vogar 55949 nafar pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari o‘tkazildi. Malaka sinovlari natijasi joriy yil 30 mayga qadar Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etiladi.
Axborot xizmati
2016-05-20
: 9132
-
Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyasi otkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2015 yil 30 sentyabr kuni tasdiqlangan "2015-2016 va 2016-2017 o‘quv yillarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida Respublikadagi 32 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muasssasalari attestatsiyasi joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalari tomonidan attestatsiyaga oid hujjatlarni qabul qilish hamda "O‘quvchilarning o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash" bo‘yicha kasbiy fanlardan test savollari jamg‘armasini shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish kunlari
Ta'lim muassasasining nomi
Attestatsiya o‘tkazish kunlari
Farg‘ona viloyati
1.
1.
Farg‘ona kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
16-17 may
2.
2.
Farg‘ona aloqa kasb-hunar kolleji
16-17 may
3.
3.
Farg‘ona mashinasozlik kasb-hunar kolleji
16-17 may
4.
4.
Farg‘ona neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji
16-17 may
5.
5.
Farg‘ona tumani kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
18-19 may
6.
6.
Beshariq kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
18-19 may
7.
7.
Buvayda kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
18-19 may
8.
8.
Qo‘qon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
18-19 may
9.
9.
Qo‘qon neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji
20-21 may
10.
10.
Quva tumani kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
20-21 may
11.
11.
Quva sanoat va transport kasb-hunar kolleji
20-21 may
Andijon viloyati
12.
1.
Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
3-4 iyun
13.
2.
Andijon mashinasozlik kasb-hunar koleji
6-7 iyun
14.
3.
Andijon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
6-7 iyun
15.
4.
Andijon sanoat va transport kasb-hunar kolleji
6-7 iyun
16.
5.
Xonobod sanoat-transport kasb-hunar kolleji
6-7 iyun
17.
6.
Baliqchi sanoat va transport kasb-hunar kolleji
6-7 iyun
18.
7.
Jalaquduq sanoat va transport kasb-hunar kolleji
6-7 iyun
19.
8.
Shaxrixon sanoat va transport kasb-hunar kolleji
8-9 iyun
20.
9.
Qo‘rg‘ontepa sanoat va transport kasb-hunar kolleji
8-9 iyun
Namangan viloyati
21.
1.
Pop transport va aloqa kasb-hunar kolleji
8-9 iyun
22.
2.
To‘raqo‘rg‘on sanoat va transport kasb-hunar kolleji
8-9 iyun
23.
3.
To‘raqo‘rg‘on kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
8-9 iyun
24.
4.
Kosonsoy sanoat, transport va aloqa kasb-hunar kolleji
8-9 iyun
25.
5.
Chortoq transport va aloqa kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
26.
6.
Yangiqo‘rg‘on kompyuter texnologiyalari va aloqa kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
27.
7.
Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
28.
8.
Uychi sanoat transport va aloqa kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
29.
9.
Uchqo‘rg‘on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
30.
10.
Norin maishiy xizmat va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
31.
11.
Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
32.
12.
Namangan tumani axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
10-11 iyun
Axborot xizmati
2016-05-10
: 4414
-
2016 yil 26-27 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida nomzodlarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.
77 nafar talabgorlardan 25 (32,5%) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 2 nafar, B2 darajasiga 22 nafar, 1 darajasiga 1 nafar; arab tili bo’yicha B2 darajasiga 2 nafar, turk tili bo’yicha B2 darajasiga 1 nafar ijobiy natijaga erishdlar.
Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.
Axborot xizmati
2016-05-06
: 2645
-
Oliy ta'lim muassasalari professor-oqituvchilarining test sinovlari otkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2016 yil 11-30 aprel kunlari test sinovlari o‘tkazildi.
Jami 58 ta OTMlar va ularning filiallaridan 20399 nafar professor-o‘qituvchilar test sinovlarida ishtirok etdilar.
Test sinovlari natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etiladi.
Axborot xizmati
2016-05-05
: 1887
-
Respublika boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkaziladi
2016/17 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga talabalar, oliy harbiy ta'lim muassasalariga tinglovchi va kursantlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda o‘tkaziladigan test sinovlariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalaridan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun 2016 yil 18 apreldan 20 mayga qadar amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Amaliy seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 03 iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 8 iyulda 2242-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda 2013 yil 19 iyulda 2480-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Yo‘riqnoma” asosida tashkil etiladi.
Amaliy seminar mashg‘ulotlari viloyat (shahar) markazlarida tashkil etilishi belgilandi va test sinovlari o‘tkaziladigan ta'lim muassasalariga yaqin tumanlardagi ta'lim muassasalari tanlandi.
Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Tayyorgarlik davomida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillarida o‘quv filmi, prezentatsiyalar yaratildi. Amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun ma'ruzachilar CD disklarga yozilgan o‘quv filmi, prezentatsiyalar va boshqa ko‘rgazmali qurollar bilan ta'minlandi.
Mazkur tadbirga Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalaridan 2700 nafar, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalaridan 1670 nafar va oliy ta'lim muassasalaridan 1355 nafar, jami 5725 nafar pedagog xodimlar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Tasdiqlangan jadval asosida amaliy seminar mashg‘ulotlari Davlat test markazi vakillari sifatida jalb etiluvchi nomzodlar uchun viloyat (shahar)lar markazida Davlat test markazi xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida jalb etiluvchi nomzodlar uchun esa nomzodlar faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasalarida oliy ta'lim muassasalaridan belgilangan ma'ruzachilar tomonidan olib borilmoqda.
Respublika bo‘yicha amaliy seminar mashg‘ulotlarini yakunlash joriy yilning 20 may kuniga mo‘ljallangan.
Axborot xizmati
2016-05-04
: 1885
-
Chet tili o’qituvchilarining oylik maoshiga ustama haq belgilash uchun o’tkaziladigan navbatdagi test sinoviga arizalar qabul qilish tugatildi.
Xalq ta’limi, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimidan 8000 dan oshiq o’qituvchilar ariza berdilar.
Test sinovlari o’tkaziladigan aniq vaqt to’g’risidagi axborot 10 maydan so’ng Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytiga (nsfla.uz) joylashtiriladi.
Axborot xizmati
2016-05-04
Прочитали: 1823
-
2016 yil 26-27 aprell kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2, С1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun nemis, arab va turk tillaridanan o’tkazildi.
26 aprel kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”), 27 aprel kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazildi.
Test sinovlarida 75 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).
Axborot xizmati
2016-05-02
Прочитали: 1513
-
Davlat test markazi tomonidan 2016/17 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga talabalar, oliy harbiy ta'lim muassasalariga tinglovchi va kursantlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilishda test sinovlarini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida test sinovlariga Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun 2016 yil 18 apreldan 30 mayga qadar amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
2016-04-15
Прочитали: 4150
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining 22035 nafar professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillar va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2016 yil aprel oyida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Axborot xizmati
2016-04-01
: 2258
-
2016 yil 15-16 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovining natijalari http//nsfla.uz saytida e´lon qilindi.
32 nafar talabgorlardan 13 (40,6) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B2 darajasiga 7 nafar, nemis tili bo’yicha 1 darajasiga 1 nafar, B2 darajasiga koreys tili bo’yicha 1 nafar, turk tili bo’yicha1 nafar, arab tili bo’yicha 3 nafar o’qituvchi ijobiy natijaga erishdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.
Axborot xizmati
2016-03-25
: 2553
-
Malaka sinovini otkazish muddati belgilandi
Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligining 2016 yil 18 mart kuni 8/qq va 19-sonli qarori bilan “Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 38-bandiga muvofiq navbatdagi attestatsiyaga jalb etilgan xalq ta'limi tizimidagi pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari joriy yil 29 martdan boshlanishi belgilandi.
Axborot xizmati
2016-03-22
: 5079
-
2016 yil 15-16 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B2 darajasi uchun ingliz, nemis, turk, arab va koreys tillaridan, C1 darajasi uchun nemis tilidan o’tkazildi.
Test sinovlarida 32 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).
Axborot xizmati
2016-03-18
Прочитали: 2104
-
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2015 yil 30 sentyabr kuni tasdiqlangan "2015-2016 va 2016-2017 o‘quv yillarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida Respublikadagi 37 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muasssasalari attestatsiyasi joriy yilning mart-aprel oylarida o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalari tomonidan attestatsiyaga oid hujjatlarni qabul qilish hamda "O‘quvchilarning o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash" bo‘yicha kasbiy fanlardan test savollari jamg‘armasini shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini
attestatsiyadan o‘tkazish kunlari
№
№
Ta'lim muassasasining nomi
Attestatsiya o‘tkazish kunlari
Navoiy viloyati
1.
1.
Zarafshon kompyuter texnologiyalari kolleji
14-15 mart
2.
2.
Navoiy informatika va elektron sanoati kasb-hunar kolleji
16-17 mart
Buxoro viloyati
3.
1.
Qorako‘l sanoat va transport kasb-hunar kolleji
14-15 mart
4.
2.
Qorako‘l neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji
14-15 mart
5.
3.
Qorovulbozor sanoat va transport kasb-hunar kolleji
14-15 mart
6.
4.
G‘ijduvon sanoat va transport kasb-hunar kolleji
14-15 mart
7.
5.
Kogon sanoat va transport kasb-hunar kolleji
16-17 mart
8.
6.
Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji
16-17 mart
9.
7.
Vobkent sanoat va transport kasb-hunar kolleji
16-17 mart
Qashqadaryo viloyati
10.
1.
Shaxrisabz axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
23-24 mart
11.
2.
Yakkabog‘ axborot texnologiyalari kolleji
23-24 mart
12.
3.
Qamashi axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
25-26 mart
13.
4.
Dehqonobod axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
25-26 mart
14.
5.
G‘uzor neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji
28-29 mart
15.
6.
G‘uzor sanoat-transport kasb-hunar kolleji
28-29 mart
16.
7.
G‘uzor axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
28-29 mart
17.
8.
Koson sanoat-transport kasb-hunar kolleji
30-31 mart
18.
9.
Koson kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
30-31 mart
19.
10.
Koson axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
30-31 mart
20.
11.
Qarshi kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
1-2 aprel
21.
12.
Qarshi axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
1-2 aprel
22.
13.
Kasbi axborot texnologiyalari kolleji
1-2 aprel
Sirdaryo viloyati
23.
1.
Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb- hunar kolleji
7-8 aprel
Jizzax viloyati
24.
1.
Arnasoy informatika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
11-12 aprel
25.
2.
Baxmal kompyuter texnologiyalar kasb-hunar kolleji
11-12 aprel
26.
3.
G‘allaorol kompyuter texnologiyalar kasb-hunar kolleji
13-14 aprel
27.
4.
G‘allaorol transport va sanoat kasb-hunar kolleji
13-14 aprel
28.
5.
Zarbdor axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
13-14 aprel
29.
6.
Jizzax tuman kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
15-16 aprel
30.
7.
Jizzax tumani transport va sanoat kasb-hunar kolleji
15-16 aprel
31.
8.
Jizzax transport, aloqa kasb-hunar kolleji
15-16 aprel
Samarqand viloyati
32.
1.
Payshanba informatika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
25-26 aprel
33.
2.
Ishtixon axborot texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
25-26 aprel
34.
3.
Jomboy informatika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
25-26 aprel
35.
4.
Samarqand axborot kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji
27-28 aprel
36.
5.
Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji
27-28 aprel
37.
6.
Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
27-28 aprel
Axborot xizmati
2016-03-09
: 4317
-
Attestatsiya otkazish muddati belgilandi
“Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga muvofiq xalq ta'limi tizimi davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi mart-iyun oylarida tashkil etilishi va o‘tkazilishi belgilandi, shuningdek Nizomning 29-bandiga ko‘ra Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligining qarori bilan 2016 yil 1 mart kuni xalq ta'limi hududiy boshqarmalari huzurida Muvofiqlashtiruvchi attestatsiya komissiyalari tuzildi.
Nizomga muvofiq tuman (shahar) va ta'lim muassasalari attestatsiya komissiyalari tuziladi
Axborot xizmati
2016-03-02
: 7401