Yangiliklar
-
AKKREDITATSIYA KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG`ILISHI
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2016 yil 24 fevral kuni Akkreditatsiya komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Nizom talablariga muvofiq attestatsiyadan ijobiy o`tgan 116 (bir yuz o`n olti)ta maktabgacha ta`lim muassasalari va 255 (ikki yuz ellik besh)ta umumiy o`rta ta`lim muassasalariga nisbatan “Akkreditatsiyalandi” degan qaror qabul qilindi.
2016-02-26
: 1586
-
Gapirish konikmasini baholash sinovi boshlandi
Chet tillar o'qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash bo'yicha 2015 yil dekabr va 2016 yil yanvar oylarida test sinovidan o‘tib, natijada tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalari bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori, yozma ishlardan 50 foiz va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarni gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha sinovi joriy yil 23 fevraldan boshlab jadval asosida o‘tkaziladi. Sinovda ishtirok etadigan kuni, joyi va vaqtini saytning “Test topshirish kunini aniqlash” sahifasidan bilish mumkin. Batafsil...
2016-02-24
: 1976
-
2016 17 “ K ” K- . c 26 , 13 c .
“ c 2004 1 “ C K cK” 100- K ”, “ , ON-LINE K” . cK ON-LINE K KK c .
2016-02-18
: 1451
-
Akademik litseylar qayta attestatsiyadan otkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2014 yil 28 apreldagi 07/1-373-son topshirig‘i, shuningdek, 2015 yil 30 sentyabr kuni tasdiqlangan "2015-2016 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida Respublikadagi 20 ta akademik litseylarning qayta attestatsiyasi joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazildi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining attestatsiya natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash hamda "O‘quvchilarning o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash" bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalarini hisoblash ishlari amalga oshirilmoqda.
2016-02-16
: 1616
-
Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari otkazildi
Davlat test markazi tomonidan 2016 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida test sinovalari natijalari hisoblandi va ularga taqdim etildi.
2016-02-15
: 2253
-
2016 yil 2-5 fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tilini bilish darajasini aniklash bo’yicha test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun koreys, japan, xitoy, arab, turk tillaridanan o’tkazildi.
Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.
56 nafar talabgorlardan 30 (53,6) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 1 nafar, B2 darajasiga 19 nafar, C1 darajasiga 5 nafar, B2 darajasiga arab tili bo’yicha 2 nafar, koreys tili bo’yicha 1 nafar, japan tili bo’yicha1 nafar, japan tili bo’yicha1 nafar.
Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar berilmoqda.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).
2016-02-12
: 1457
-
AKKREDITATSIYA KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIGILISHI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2016 yil 1 fevral kuni Akkreditatsiya komissiyasining joriy yildagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 115 ta maktabgacha, 301 ta umumiy o‘rta va 32 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining attestatsiya natijalariga oid hujjatlari ko‘rib chiqildi.
Nizom talablariga muvofiq attestatsiyadan ijobiy o‘tgan va tegishli hujjatlari Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etilgan 113 (bir yuz o‘n uch)ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 300 (uch yuz)ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va 2 (ikki)ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassalariga nisbatan “Akkreditatsiyalandi” degan qaror qabul qilindi.
“Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e'tirof etilgan 1 ta umumiy o‘rta va 3 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan o‘tkazilishga qaror qilindi.
To‘plagan baliga mos bo‘lgan qaror qabul qilish uchun 2 (ikki)ta maktabgacha ta'lim muassasasining hujjatlari tuman (shahar) attestatsiya komissiyalariga qaytarish lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e'tirof etilgan 27 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasi haqida ta'limni boshqaruv davlat organlariga ma'lum qilish to‘g‘risida qaror qilindi.
Akkreditatsiyalangan barcha ta'lim muassasalariga 5 yil muddatga davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida SERTIFIKATlar berilishi belgilandi.
2016-02-10
: 1109
-
Davlat test markazi kasaba uyushmasi tomonidan manaviy-marifiy tadbir uyushtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O‘zbek xalqining o‘chmas tarixi va oltin merosi hisoblanmish buyuk shaxslarining hayoti va ijodini yanada chuqurroq o‘rganish va anglash maqsadida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tantanali yig‘ilish buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi hamda shoir, tarixchi va sarkarda Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan tashkil qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari adabiyotshunos olimlar - Nusratilla Jumaxo‘ja va Sayfiddin Rafiddinovlar qatnashdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlarni gapirdilar va ular ijodiga tegishli bo‘lgan she'r va g‘azallardan namunalar keltirdilar. O‘zbekiston milliy universiteti magistratura talabalari Malikov Akram va Normatov Urollarning chiqishlari ham tadbir qatnashchilarida chuqur taasurot qoldirdi.
Uchrashuv quvnoq va qiziqarli munozara tarzida o‘tdi va barcha qatnashchilarga ma'naviy ruxlanish baxsh etdi.
2016-02-09
: 972
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tuzilgan attestatsiya komissiyalari pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini boshladi.
Attestatsiya jarayoni pedagog xodimning malaka tavsiflariga mosligi, malaka sinovlari (testlar, yozma va ijodiy ishlar) yordamida attestatsiyadan o‘tuvchining mutaxassisligi bo‘yicha bilim darajasi, kasbiy malakasi va pedagogik ko‘nikmalarini aniqlash, o‘quv-metodik, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini o‘rganish va tahlil qilish hamda suhbat asosida o‘tkaziladi.
Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog xodimlarga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
2016-02-08
: 3907
-
2016 yil 2-3 fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun arab, koreys, xitoy, yapon, turk tillaridanan o’tkazildi.
2 fevral kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”), 3,5 fevral kunlari esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazildi.
Test sinovlarida 56 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).
2016-02-05
: 1162
-
Ustama haq olish uchun otkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi
Ustama haq olish uchun 2015 yil dekabr va 2016 yil yanvar oylarida o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini nsfia.uz saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limining “Test natijalari” sahifasidan bilishi mumkin. Test sinovi natijasiga muvofiq “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalari” bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilarning yozma ishi natijalari qo‘shimcha e'lon qilinadi.
2016-01-28
: 4376
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom” ijrosi bo‘yicha Davlat test markazining “Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, ta'lim muassasalarini akkreditatsiyalash va ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash” bo‘limi tomonidan 2015 yil 21-25 dekabr kunlari xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha Espert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari tashkil etildi.
2015 yilning dekabr oyi davomida xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 43 nafar fuqarolardan arizalar qabul qilindi. Mazkur fuqarolardan qabul qilingan hujjatlar “Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari”, “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari ekspert komissiyalarining yig‘ilishlari kun tartibiga kiritildi va ekspertiza uchun vakolatli ekspertlarga yuborildi.
Ekspert komissiyalariga xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 108 nafar fuqarodan maxsus test sinovlarini topshirish uchun arizalar kelib tushdi.
Shuningdek, Ekspert komissiyalari tomonidan mutaxassislik fanlari bo‘yicha maxsus suhbatda 66 nafar talabgorlar ishtirok etdi.
“Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 7-bandiga asosan, kooperatsiya va maqsadli o‘qitish (davlatlararo bitimlar orqali) asosida 8 nafar fuqarolarga xorijiy davlatlarning ta'lim to‘g‘risidagi olingan hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshiruvsiz amalga oshirildi va tegishli tartibda guvohnomalar rasmiylashtirib berilishi belgilandi.
Sohalar bo‘yicha Ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari 2016 yilning 25-29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
2016-01-19
: 1721
-
Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarga test sinovlari otkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli xarbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlari rezerviga xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida»gi PQ-2456-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 2016 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy- ma'rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
2016-01-13
: 3857
-
Malaka sinovi natijalari taqdim etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari uchun 2015 yil 9-25 dekabr kunlari o‘tkazilgan malaka sinovi natijalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limihududiy boshqarmalaridagi attestatsiya komissiyalariga joriy yil 13 yanvar kuni taqdim etildi.
2016-01-13
: 3866
-
2016 yil 7-16 yanvarda Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar chet tili o`qituvchilarining oylik maoshiga ustama haq belgilash uchun test sinovi o`tkaziladi. Chet tili o`qituvchilar test sinovini topshirish vaqti va manzilini ariza raqamini kiritish orqali aniqlashi mumkin.
2016-01-05
: 2266
-
Pedagoglar malaka sinovi haqida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari uchun malaka sinovlari 2015 yil 9-25 dekabr kunlari o‘tkazildi. Malaka sinovi natijalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tuzilgan attestatsiya komissiyalariga taqdim etiladi.
2015-12-30
: 3020
-
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boyicha navbatdagi test sinovi
Hurmatli talabgorlar!
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikati olish uchun navbatdagi test sinovi 2016 yil 2-3 fevralda Davlat test markazida o‘tkaziladi. Arizalar joriy yil 28 dekabrdan boshlab qabul qilinadi.
Arizalarni oxirgi qabul qilish kuni - 2016 yil 25 yanvar.
Test sinovining yozma qismi 2 fevralda, og‘zaki qismi 3 fevralda o‘tkaziladi.
2015-12-24
: 3978
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 oktyabrdagi 305-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazining samarali faoliyatini ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015/2016 o‘quv yili uchun Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi magistraturasiga qabul qilish uchun “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Mutaxassislik fanlari” va “Chet tillari” fanlaridan test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovida jami 101 nafar talabgor ishtirok etdi.
2015-12-18
: 2083
-
2015 yil 1-2 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tilini bilish darajasini aniklash bo’yicha test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun ispan va xitoy tillaridanan o’tkazildi.
Test sinovining natijalari http://nsfla.uz saytida e´lon qilindi.
32 nafar talabgorlardan 19 (59,4) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B2 darajasiga 17 nafar, C1 darajasiga 2 nafar, ispan tili bo’yicha 1 nafar, xitoy tili bo’yicha 2 nafar.
Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etadi (http//nsfla.uz).
2015-12-10
Прочитали: 2364
-
Magistrlar tayyorlovchi oily ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim muassasalari magistrlari va ularni tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarning malaka darajasini baholashga oid test sinovlari 2015 yil 16-27 noyabr kunlari o‘tkazildi.
Test sinovlariga Respublika bo’yicha 5029 nafar talaba va 1369 nafar professor-o‘qituvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4853 (96,5%) nafar talaba va 1128 (82,4%) nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
2015-12-02
Прочитали: 1382