Ta'lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoyish togrisida ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 307-sonli “APOSTIL QO‘YISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”gi qaroriga binoan, 2015 yil davomida jami 3040 ta fan va ta'lim sohasi tashkilotlaridan chiqqan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish ishlari amalga oshirildi.
Fan va ta'lim sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘ydirish uchun hujjatlar haftaning ish kunlari soat 10:00 - 13:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi binosida qabul qilinadi.
Yuklab olish (PDF, 114 Kb)