Pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish tartibi haqida
Xalq ta'limi tizimidagi davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi “Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 37-bandida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkaziladi.
Pedagog kadrlarning malaka toifalari bo‘yicha malaka tavsiflariga muvofiqligi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 14 iyundagi 186-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta'limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”ning 11-§ dagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi.
Malaka sinovlari (testlar, yozma va ijodiy ishlar) yordamida pedagog kadrning ixtisoslik bo‘yicha bilim darajasi va pedagogik ko‘nikmalari ma'lumoti haqidagi yoki qayta tayyorlashdan olgan diplomida ko‘rsatilgan o‘quv fani bo‘yicha aniqlanadi.
Shu bilan birgalikda pedagog kadrning o‘quv-metodik, ma'naviy-ma'rifiy faoliyati va tarbiyaviy ishlari, nazorat sinovlari yordamida o‘quvchilarining fan bo‘yicha bilimlari o‘rganiladi, shuningdek attestatsiya qilinuvchi bilan bevosita suhbat qilinadi.