Pedagoglar uchun malaka sinovi otkaziladi
“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi 2015 yil 24 noyabrda 45/qq, 52/qq, 23/qq, 31-qq va 02/qq-sonli qo‘shma qarorini qabul qildi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tarkibini tasdiqladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari uchun joriy yil 9-25 dekabr kunlari attesatsiya jarayonining malaka sinovi o‘tkazilishi belgilandi.