λ : Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
 HTTP PROXY,  http://dtm.uz?mod=news&elid=1420714344, - SafeWeber.ru
: 29.04.2017. 02:13.

SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Ta'lim muassalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

Ta'lim muassalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga kiritilgan o‘zgartirish Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalariga tegishlidir.

Mazkur Yo‘riqnomaning 13-bandi oltinchi xatboshisida “Tinglovchilarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) Komissiya tomonidan o‘tkazilgan nazorat ishlari orqali baholanadi. Nazorat ishlariga tinglovchilarning barchasi jalb qilinadi. Muayyan kurslarda malaka oshirish yoki qayta tayyorlashdagi tinglovchilarning nazorat ishlarida ijobiy baholanganlar salmog‘i kamida 90 foizni tashkil etishi shart” degan jumla qayta tahrir qilinib, “Tinglovchilarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) ta'lim muassasasi tomonidan o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarni tahlil qilish orqali baholanadi” deb o‘zgartirildi.

Bunday o‘zgartirish kiritilishiga sabab attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiya davrida attestatsiyaga jalb etilgan barcha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha tinglovchilarning bilimini baholash imkoniyati  yo‘qligidir. Chunki malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari yil (12 oy) davomida har oyga taqsimlangan holda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ba'zi malaka oshirish kurslari kontengent kamligi tufayli 2-3 yilda bir marta amalga oshiriladi. Ushbu holat esa komissiya tomonidan nazorat ishlarini o‘tkazish jarayonini cho‘zilib ketishiga olib keladi.

Attestatsiya jarayonini belgilangan muddatda o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida kiritilgan ushbu o‘zgartirish natijasida tinglovchilarining fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi)ni baholash uchun nazorat ishlari o‘tkazilmasdan, balki  ta'lim muassasasi tomonidan o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarni tahlil qilish amalga oshiriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGINING

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomaning 13-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 52-son, 633-modda)

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 26 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1836-1]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi 293-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi va 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining 2008 yil 12 iyundagi 01-193, 173 va 25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1836, 2008 yil 14 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 29-30-son, 287-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomaning 13-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tinglovchilarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) Komissiya tomonidan ta'lim muassasasi o‘tkazgan yakuniy nazoratlarni tahlil qilish orqali baholanadi».

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV

Toshkent sh.,

2014 yil 19 dekabr,

27/qq-son

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri A. VAXABOV

Toshkent sh.,

2014 yil 19 dekabr,

52/qq-son

Xalq ta'limi vaziri U. INOYATOV

Toshkent sh.,

2014 yil 19 dekabr,

61-son

Kelishilgan:

Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV

2014 yil 19 dekabr

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TESHAEV

2014 yil 19 dekabr

Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV

2014 yil 19 dekabr

Madaniyat va sport ishlari vaziri v.v.b. B. AXMEDOV

2014 yil 19 dekabr

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori U. SALIMOV

2014 yil 19 dekabr

«O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi raisi A. RAMATOV

2014 yil 19 dekabr

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV

2014 yil 19 dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIEV

2014 yil 19 dekabr

Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori Q. SANAQULOV

2014 yil 19 dekabr

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURITDINOV

2014 yil 19 dekabr

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Aprel 2017
 
DuSeChPaJuShYa
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
TASHRIFLAR TAHLILI
  www.uz
Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi
 Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma