Yangiliklar
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tuzilgan attestatsiya komissiyalari pedagog xodimlar attestatsiyasiga oid ishlarini yakunladi.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagog xodimlarga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnomalar berish ishlari boshlandi.
Davlat test markazidan guvohnomalarni olish uchun hududiy boshqarmalar buyurtma berishlari hamda pedagog xodimlar attestatsiyasi bo‘yicha boshqarmaning mas'ul xodimi komissiyalar rasmiylashtirgan bayonnomalar va tegishli shakllarni to‘ldirgan holda murojaat etishi lozim.
2014-05-26
: 2831
-
Staff 2014 elektron dasturi bilan ishlash boyicha amaliy seminar mashgulotlari otkazildi
Test sinovlarini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2014 yil 15-22 may kunlari Respublikadagi xalq ta'limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari tasarrufidagi ta'lim muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalari pedagog xodimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritishda Staff 2014 elektron dasturi bilan ishlashga bag‘ishlangan amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Amaliy seminar mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar Staff 2014 elektron dasturining hozirgi holati, pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritishda ta'lim muassasalari operatorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, kamchiliklar hamda ularni tuzatish (tahrirlash) ishlari, shuningdek, dastur bilan ishlash tartibi ko‘rgazmali vositalar yordamida tanishtirildi.
Amaliy seminar yakunida mazkur elektron dastur bilan ishlashga doir zarur maslahatlar berildi va Test sinovlarini tashkil etish bo‘limi bilan muntazam aloqa o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.
Staff 2014 dasturi yo'riqnomasi (RAR, 676KB)
2014-05-22
: 10426
-
2013-2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq 975 ta maktabgacha va 1861 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning mart oyida attestatsiyadan o‘tkazilib, hujjatlari Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasiga topshirilgan 334 ta maktabgacha va 266 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari akkreditatsiya komissiyasi tomonidan akkreditatsiyalandi.
2014-05-20
: 3692
-
Pedagogika kollejlarining qayta attestatsiyasi otkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 24 mart kuni tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida 27 ta pedagogika kollejlarining qayta attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi.
Attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan "O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma" asosida amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kungacha 15 ta pedagogika kollejlarining qayta attestatsiyaga jalb qilingan kasblari faoliyati “O‘zbekiston Respublikasida ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida o‘rganildi. O‘quvchilar bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
2014-05-15
: 2543
-
Test sinovlaridagi yangiliklar
Bu yil oliy ta'lim muassasalarida ta'lim va kasb yo‘nalishlariga bir qator yangiliklar kiritildi, kirish imtihonlari tizimida ham ayrim o‘zgartirishlar joriy etildi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 30 aprelda qabul qilingan Respublika oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2014 yil 3 maydagi 1-son bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi saytining “Abituriyentlar uchun” bo‘limida taqdim etiladi.
2014-05-08
: 58844
-
Oliy ta'lim muassasasida attestatsiya jarayoni otkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2014 yil 17 yanvarda tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali» asosida 31 ta oliy ta'lim muassasasida attestatsiya jarayoni o‘tkazilmoqda. Attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom» hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma» asosida amalga oshirilmoqda.
Attestatsiya jarayonida barcha 31 ta oliy ta'lim muassasasining «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom»da belgilangan faoliyat yo‘nalishlari o‘rganildi. Shuningdek, 17 ta oliy ta'lim muassasasida talabalarning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari, yozma ishlar, ijodiy imtihonlar o‘tkazildi, 14 ta oliy ta'lim muassasasida ushbu jarayon davom ettirilmoqda.
2014-05-06
: 4133
-
2013 yil 29-30 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-son qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida ingliz tilidan B2 va C1 darajalari uchun, nemis, fransuz va koreys tillaridan B2 darajasi uchun o’tkazildi. Test sinovlarida 48 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.
2014-05-01
: 3288
-
Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi davom etmoqda!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida belgilangan tartibda tuzilgan attestatsiya komissiyalari pedagog xodimlar bilan attestatsiyaning suhbat jarayonini o‘tkazmoqda.
Bugungi kungacha komissiyalar tomonidan 16182 nafar pedagog xodim attestatsiyadan o‘tkazildi.
2014-04-30
: 1781
-
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10-dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda chet tili o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlarida jami 16719 pedagog qatnashdi, shundan 15718 nafari xalq ta’limi tizimida, 884 nafari o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar, 112 nafari oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari va 5 nafari pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari metodistlaridir.
Test sinovi natijalari Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida http://nsfla.dtm.uz/ e’lon qilingan.
Natijangizni ko’rish uchun “Interaktiv xizmatlar” bo’limining “Ustama haq belgilash testi natijalari” sahifasiga javob varaqangiz raqamini kiriting.
Ustama belgilash testining keyingi bosqichiga arizalar qabul qilish davom etmoqda.
2014-04-28
: 13988
-
Davlat test markaziga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10 apreldagi PQ-2163-son qaroriga ko‘ra Ismailov Jaxongir Gafurovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
2014-04-12
: 8616
-
Test sinovlari jarayonlarining muhim masalalari boyicha yigilishlar otkazildi
Davlat test markazi direktorining 2014 yil 16 martdagi 01–68-son buyrug‘i asosida joriy yilning 17 mart - 4 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Ularda kun tartibiga qo‘yilgan quyidagi masalalar ko‘rildi:
1. 2013/2014 o‘quv yilida ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari tahlili.
2. 2014/2015 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlarini tashkil etishda asosiy vazifalarni belgilash.
Yig‘ilishlarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq ta'limi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Boshqarmalari, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta'limi muassasalari, oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishlarda o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan test sinovlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun tayyorgarlik darajasi muhokama qilindi. Mahalliy davlat hokimiyati, Davlat test markazi, boshqarmalar va ta'lim muassasalarining hamkorligini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va asosiy vazifalar belgilab olindi. 2014/2015 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda joylardagi tashkilotlar, ta'lim muassasalari rahbarlariga berilgan zarur topshiriqlar va vazifalar, ularning bajarilishini nazorat ostiga olish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
2014-04-10
: 4463
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2014 yil 20-21 fevral kunlari Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, oliy ta'lim tizimi pedagog, rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda “Chet tillari o‘qituvchilarining produktiv nutq kompetensiyalarini baholash usullari” mavzusidagi respublika seminar-trening o‘tkazildi.
Ushbu seminarning asosiy maqsadi chet tili fani o‘qituvchilarni yangi formatdagi testning muhim qismi - yozish va gapirish nutq ko‘nikmalarni baholash mezonlari bilan tanishtirishdir.
Seminarda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikamizning barcha viloyatlaridan 80 nafardan ko‘proq universitet va pedagogika institutlari xorijiy tillar kafedralari o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminar-trening dasturi doirasida seminar ishtirokchilari uchun Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash Milliy test tizimining me'yoriy-huquqiy asosi, yangi formatdagi test toshiriqlari tuzilishi, spetsifikatsiyasi va yozish, gapirish nutq ko‘nikmalarini baholash usullari, mezonlari mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, seminar tinglovchilari tajriba test sinovi va seminarning sho‘balar (ingliz, nemis va fransuz tillari) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Bunda seminar trenerlari bilan o‘zaro hamkorlikda yozish, gapirish nutq ko‘nikmalarini baholash jarayonini o‘zlashtirdilar, taklif etilgan baholash mezonlarni muhokama qildilar.
Seminar ishtirokchilariga test savollari kitobi bilan javoblar varaqasi, yozish va gapirish qismlari bo‘yicha baholash mezonlaridan iborat seminar materiallari berildi.
Ushbu seminar va taqdim etilgan materiallar o‘qituvchilarga chet tili fani o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustamalarni belgilash uchun o‘tkaziladigan test topshiriqlarining formati, yozish, gapirish nutq ko‘nikmalarini baholash usullari va mezonlari bilan tanishishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
2014-02-28
: 5266
-
Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovi otkazildi
2014-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Avariya-tiklash boshqarmasiga qarashli harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirishini yakuniy baholash uchun test sinovlarini o‘tkazildi.
Ishtirok etgan muddatli harbiy xizmatchilardan 86 nafari test sinovi tartibini buzganligi uchun jarayondan chetlatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ta'lim muassasalaridan 684 nafar pedagog xodim auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari, oliy ta'lim muassasalaridan 98 nafar pedagog xodim Davlat test markazi vakillari sifatida jalb etildi. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridan 52 nafar, oliy ta'lim muassasalaridan 3 nafar pedagog xodimlar test sinoviga ishtirok etmadi. 1 nafar DTM vakili va 2 nafar nazoratchi test sinovidan chetlatildi.
Test sinovi natijalarini hisoblash jarayonida tegishli vazirliklar va idoralar vakillari ishtirok etdi. Hisoblangan natijalar viloyatlar bo‘yicha harbiy qismlar kesimida harbiy vakillarga topshirildi.
2014-02-27
: 3699
-
QAYSI DARSLIKLARDAN FOYDALANISH KERAK?
Sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari ta'lim samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardan sanaladi. Zero, o‘quvchi aynan darsliklar orqali o‘zlashtirilgan mavzuni doimiy ravishda mustahkamlab borish imkoniga ega bo‘ladi. Bugungi kunda ko‘plab umumta'lim fanlari bo‘yicha barcha talablarga javob beradigan, zamonaviy darsliklar chop etilgani quvonarli hol, albatta.
Mamlakatimizda keyingi yillarda ma'lum fanlardan bir necha muqobil darsliklar nashr qilindi. Davlat ta'lim standartlari asosida yaratilgan ushbu qo‘llanmalarda mavzularning yoritilishi, faktlarning eng so‘nggi yangiliklar asosida talqin va tahlil qilinishi o‘z aksini topgan.
O‘quvchining bilim darajasi, ko‘nikma, malakalarini aniqlash va to‘g‘ri baholash ta'lim jarayonining muhim tarkibiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu jihat oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonida yanada muhimlik kasb etadi.
Erkin fikrlovchi, izlanuvchan, tirishqoq, yangilikka va zamonaviy bilimlarni egallashga intiluvchi, zukko abiturientlarimizning Davlat test markaziga yo‘llagan maktublarida 2014-2015 yilgi test sinovlari qaysi darsliklar asosida o‘tkazilishi so‘ralgan.
Mavzularni yoritishda Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Davlat test markazi 2014-2015 yilda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirayotgan abiturientlarga ushbu fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari eng so‘nggi nashr qilingan darsliklarga asoslanishini ma'lum qiladi. Shuning uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abiturientlar quyidagi darsliklardan foydalanishlari maqsadga muvofiq.
2014-2015 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat bosqichi bo‘yicha qabul test sinovlarida foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati (ta`lim tillari kesimida)
№ Fan Darslik va o‘quv qo‘llanma nomi Tipi Nashr etilgan yil Muallif O‘zbek tilidagi adabiyotlar
1 Ona tili va adabiyot Ona tili 6 sinf 2013 N.Mahmudov va b. 2 Ona tili 7 sinf 2013 N.Mahmudov va b. 3 Ona tili 8 sinf 2010 M.Qodirov va b. 4 Ona tili 9 sinf 2010 N.Mahmudov va b. 5 Ona tili va adabiyot AL-kol 2013 A.Rafiyev va b. 6 Xozirgi o‘zbek adabiy tili (1-3 qism) AL-kol 2011 A.Nurmonov va b. 7 Hozirgi o‘zbek adabiy tili AL-kol 2010 G‘.Abduraxmanov 8 Adabiyot (1, 2 qism) 5 sinf 2011 S.Axmedov va b. 9 Adabiyot 6 sinf 2013 S.Axmedov va b. 10 Adabiyot 7 sinf 2013 Q.Yo‘ldoshev va b. 11 Adabiyot 8 sinf 2010 S.Olimov va b. 12 Adabiyot 9 sinf 2010 Q.Yo‘ldoshev va b. 13 Adabiyot AL-kol 2010 B.To‘xliyev 14 Adabiyot majmua (1-3 qism) AL-kol 2010 B.To‘xliyev va b. 15 Adabiyot qoidalari AL-kol 2011 X. Umirov 16 Ingliz tili Ingliz tili «Fly High English» 6 sinf 2013 L.Jo‘rayev va b. 17 Ingliz tili «Fly High English» 7 sinf 2013 L.Soy va b. 18 Ingliz tili «Fly High English» 8 sinf 2010 L.Jo‘rayev va b. 19 Ingliz tili «Fly High English» 9 sinf 2010 L.Jo‘rayev va b. 20 Ingliz tili (1-3 qism) AL-kol 2007 M.Gadoyeva va b. 21 Ingliz tili (1 qism) AL-kol 2011 Q.Sattorov va b. 22 Ingliz tili (2 qism) AL-kol 2011 O.Mo‘minov va b. 23 Ingliz tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Bakiyeva va b. 24 Ingliz tili gramatikasi AL-kol 2011 M.Gapparov 25 Nemis tili Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 6 sinf 2013 N.Suxanova va b. 26 Nemis tili «Assalom Deutsch» 7 sinf 2013 N.Suxanova va b. 27 Nemis tili «Assalom,Deutsch!» 8 sinf 2010 N.Suxanova va b. 28 Nemis tili «Deutsch» 9 sinf 2010 M.Dadaxodjayeva.va b. 29 Nemis tili (1 kism) AL-kol 2011 M.Dadaxo‘jayeva 30 Nemis tili (2 kism) AL-kol 2011 A.Abdullayeva 31 Nemis tili (3 kism) AL-kol 2011 G.Pan 32 Nemis tili AL-kol 2010 V.Zardinova 33 Nemis tili grammatikasi AL-kol 2002 K.Taniqulova 34 Fransuz tili Fransuz tili 6 sinf 2013 Z.Abdushukurova va b. 35 Fransuz tili 7 sinf 2013 V.Buxin va b. 36 Fransuz tili «Le nouveau voyage en France» 8 sinf 2010 Z. Abdushukurova va b. 37 Fransuz tili «D’un Etat a l’autre» 9 sinf 2010 S. Raxmonov va b. 38 Fransuz tili (1 qism) AL-kol 2011 M. Ubaydullayeva 39 Fransuz tili (2 qism) AL-kol 2011 J.Yoqubov 40 Fransuz tili (3 qism) AL-kol 2011 L.Abdushukurova 41 Fransuz tili AL-kol 2002 S.Mirsagatova 42 Tarix Tarix 6 sinf 2013 A.Sa’dullayev va b. 43 O‘zbekiston tarixi 7 sinf 2013 A.Muhammadjonov 44 O‘zbekiston tarixi 8 sinf 2010 Q.Usmonov va b. 45 O‘zbekiston tarixi 9 sinf 2010 S.Tillayev va b. 46 O‘zbekiston tarixi (1, 2 qism) AL-kol 2012 Q.Usmonov va b. 47 Jahon tarixi 7 sinf 2013 T.Salimov va b. 48 Jahon tarixi 8 sinf 2010 U.Jo‘rayev va b. 49 Jahon tarixi 9 sinf 2010 M.Lafasov va b. 50 Jahon tarixi AL-kol 2013 M.Lafasov va b. 51 Matematika Matematika 6 sinf 2013 M.Mirzaahmedov va b. 52 Algebra 7 sinf 2013 Sh.Alimov va b. 53 Algebra 8 sinf 2010 Sh.Alimov va b. 54 Algebra 9 sinf 2010 Sh.Alimov va b. 55 Algebra va matematik analiz asoslari (1, 2 qism) AL-kol 2013 A.Abduxamidov va b. 56 Algebra va analiz asoslari AL-kol 2003 R.Vafoyev va b. 57 Matematika (1, 2 qism) AL-kol 2006 A.Meliqulov va b. 58 Geometriya 7 sinf 2013 A.Azamov va b. 59 Geometriya 8 sinf 2010 A.Raximqoriyev 60 Geometriya 9 sinf 2010 B.Haydarov va b. 61 Geometriya (1, 2 qism) AL-kol 2010 I.Isroilov va b. 62 Geometriya AL-kol 2005 X.Sayfullayeva 63 Fizika Fizika 6 sinf 2013 N.Turdiyev 64 Fizika 7 sinf 2013 P.Xabibullayev va b. 65 Fizika 8 sinf 2010 P.Xabibullayev va b. 66 Fizika 9 sinf 2010 P.Xabibullayev va b. 67 Fizika (1, 2 qism) AL-kol 2013 A.G‘aniyev va b. 68 Mexanika va molekular fizika AL-kol 2010 M.O‘lmasova 69 Fizika AL-kol 2010 M.O‘lmasova 70 Fizika (optika, atom va yadro fizika) AL-kol 2010 M.O‘lmasova 71 Fizika (1-3 qism) AL-kol 2002-2004 A.No‘omonxo‘jayev va b. 72 Biologiya Botanika 5 sinf 2011 O‘.Pratov va b. 73 Botanika 6 sinf 2013 O‘.Pratov va b. 74 Zoologiya 7 sinf 2013 O.Mavlonov 75 Odam va uning salomatligi 8 sinf 2010 B.Aminov va b. 76 Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari 9 sinf 2010 A.Zikiryayev va b. 77 Biologiya AL-kol 2012 A.bdukarimov va b. 78 Kimyo Kimyo 7 sinf 2013 I.Asqarov va b 79 Kimyo 8 sinf 2010 I.Asqarov va b. 80 Kimyo 9 sinf 2010 I.Asqarov va b. 81 Kimyo AL-kol 2013 I.Tirkashev va b 82 Kimyo AL-kol 2005 A.Abdusamatov 83 Anorganik kimyo AL-kol 2011 I.Toshev va b. 84 Organik kimyo AL-kol 2011 A.Abdusamatov 85 Geografiya Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi 5 sinf 2011 P.G‘ulomov va b. 86 Geografiya 6 sinf 2013 A.Soatov va b. 87 Geografiya 7 sinf 2013 P.G‘ulomov va b. 88 Geografiya 8 sinf 2010 P. Musayev va b. 89 Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi 9 sinf 2010 A. Qayumov va b 90 Amaliy geografiya AL-kol 2013 A.Rafiyev va b. 1 6 2013 . 2 7 2013 . 3 8 2010 . . 4 9 2010 . . 5 - 2011 . . 6 - 2013 .A. .. 7 5 2011 . . 8 6 2013 . . 9 7 2013 . . 10 8 2010 .. 11 (1,2 ) 9 2010 . . 12 - 2011 . 13 - 2013 .. 14 ( XIX ) - 2013 ., . 15 «Fly High English» 6 sinf 2013 . . 16 «Fly High English» 7 sinf 2013 . . 17 «Fly High English» 8 sinf 2010 . . 18 «Fly High English» 9 sinf 2010 . . 19 (1-3 ) - 2007 . . 20 (1 ) - 2011 . . 21 (2 ) - 2011 . . 22 (3 ) - 2011 . . 23 - 2011 . 24 «Assalom, Deutsch!» 6 sinf 2013 . . 25 «Assalom Deutsch» 7 sinf 2013 . . 26 «Assalom,Deutsch!» 8 sinf 2010 . . 27 «Deutsch» 9 sinf 2010 . . 28 (1 ) - 2011 . 29 (2 ) - 2011 .A 30 (3 ) - 2011 . 31 - 2010 . 32 grammatikasi - 2002 . 33 6 sinf 2013 . . 34 7 sinf 2013 . . 35 «Le nouveau voyage en France» 8 sinf 2010 . . 36 «D’un Etat a l’autre» 9 sinf 2010 . . 37 (1 ) - 2011 . 38 (2 ) - 2011 . 39 (3 ) - 2011 . 40 - 2002 . 41 6 2013 . . 42 7 2013 . 43 8 2010 . . 44 9 2010 . . 45 (1 ) - 2011 J. . 46 (2 ) - 2011 J. . 47 7 2013 . . 48 8 2010 . . 49 9 2010 . . 50 - 2009 . . 51 6 2013 . . 52 7 2013 . . 53 8 2010 . . 54 9 2010 . . 55 (1, 2 ) - 2009 . . 56 7 2013 . . 57 8 2010 .. 58 9 2010 . . 59 (1 ) - 2005 . 60 - 2002 .e 61 6 2013 . 62 7 2013 . . 63 8 2010 . . 64 9 2010 . . 65 (1 ) - 2009 . 66 (2 ) - 2011 . 67 5 2011 . . 68 6 2013 . . 69 7 2013 . 70 8 2010 . . 71 . 9 2010 . . 72 - 2013 73 7 2013 . . 74 8 2010 . . 75 9 2010 . . 76 - 2011 . .. 77 5 2011 . . 78 6 2013 . . 79 7 2013 . . 80 8 2010 . . 81 9 2010 . . 82 - 2010 . Qaraqalpaq tilidagi adabiyotlar 1 Qoraqalpoq tili va adabiyoti Ona tili (Qaraqalpaq tili) 6 sinf 2013 M.Davletov va b. 2 Ona tili (Qaraqalpaq tili) 7 sinf 2013 A.Davletov va b. 3 Qoraqalpoq tili (Qaraqalpaq tili) 8 sinf 2010 M.Dauletov va b. 4 Qoraqalpoq tili (Qaraqalpaq tili) 9 sinf 2010 M.Dauletov va b. 5 Qoraqalpoq tili AL-kol 2010 A.Davletov va b. 6 Adabiyot (A'debiyat) 5 sinf 2011 J.Pirniyazov va b. 7 Adabiyot (A'debiyat) 6 sinf 2013 Z.Ayjanova va b. 8 Adabiyot (A'debiyat) 7 sinf 2013 K.Mambetov va b. 9 Adabiyot (A`debiyat) 8 sinf 2010 K.Mambetov va b. 10 Adabiyot ( A`debiyat) 9 sinf 2010 T.Mambetniyazov va b. 11 Qoraqalpoq adabiyoti AL-kol 2010 Q.Jarimbetov 12 Ingliz tili Ingliz tili «Fly High English» 6 sinf 2013 L.Jo‘rayev va b. 13 Ingliz tili «Fly High English» 7 sinf 2013 L.Soy va b. 14 Ingliz tili «Fly High English» 8 sinf 2010 L.Jo‘rayev va b. 15 Ingliz tili «Fly High English» 9 sinf 2010 L.Jo‘rayev va b. 16 Ingliz tili (1-3 qism) AL-kol 2007 M.Gadoyeva va b. 17 Ingliz tili (1 qism) AL-kol 2011 Q.Sattorov va b. 18 Ingliz tili (2 qism) AL-kol 2011 O.Mo‘minov va b. 19 Ingliz tili (3 qism) AL-kol 2011 G.Bakiyeva va b. 20 Ingliz tili gramatikasi AL-kol 2011 M.Gapparov 21 Nemis tili Nemis tili «Assalom, Deutsch!» 6 sinf 2013 N.Suxanova va b. 22 Nemis tili «Assalom Deutsch» 7 sinf 2013 N.Suxanova va b. 23 Nemis tili «Assalom,Deutsch!» 8 sinf 2010 N.Suxanova va b. 24 Nemis tili «Deutsch» 9 sinf 2010 M.Dadaxodjayeva.va b. 25 Nemis tili (1 kism) AL-kol 2011 M.Dadaxo‘jayeva 26 Nemis tili (2 kism) AL-kol 2011 A.Abdullayeva 27 Nemis tili (3 kism) AL-kol 2011 G.Pan 28 Nemis tili AL-kol 2010 V.Zardinova 29 Nemis tili grammatikasi AL-kol 2002 K.Taniqulova 30 Fransuz tili Fransuz tili 6 sinf 2013 Z.Abdushukurova va b. 31 Fransuz tili 7 sinf 2013 V.Buxin va b. 32 Fransuz tili «Le nouveau voyage en France» 8 sinf 2010 Z. Abdushukurova va b. 33 Fransuz tili «D’un Etat a l’autre» 9 sinf 2010 S. Raxmonov va b. 34 Fransuz tili (1 qism) AL-kol 2011 M. Ubaydullayeva 35 Fransuz tili (2 qism) AL-kol 2011 J.Yoqubov 36 Fransuz tili (3 qism) AL-kol 2011 L.Abdushukurova 37 Fransuz tili AL-kol 2002 S.Mirsagatova 38 Tarix Tarixdan hikoyalar 5 sinf 2011 U.Jo‘rayev va b. 39 Tarix 6 sinf 2013 A.Sa’dullayev va b. 40 O‘zbekiston tarixi 7 sinf 2013 .c 41 O‘zbekiston tarixi 8 sinf 2010 Q.Usmonov va b. 42 O‘zbekiston tarixi 9 sinf 2010 S.Tillayev va b. 43 O‘zbekiston tarixi (1, 2 qism) AL-kol 2012 Q.Usmonov va b. 44 Qoraqalpog‘iston tarixi 5 sinf 2004 S.Kamolov va b. 45 Qoraqalpog‘iston tarixi 6 sinf 2005 .Koshanov va b. 46 Qoraqalpog‘iston tarixi 7 sinf 2005 .Koshanov va b. 47 Qoraqalpog‘iston tarixi 8 sinf 2004, 2008 . 48 Qoraqalpog‘iston tarixi 9 sinf 2002, 2004 S.Kamalov va b. 49 Jahon tarixi 7 sinf 2013 T.Salimov va b. 50 Jahon tarixi 8 sinf 2010 U.Jo‘rayev va b. 51 Jahon tarixi 9 sinf 2010 M.Lafasov va b. 52 Jahon tarixi AL-kol 2006 M.Lafasov va b. 53 Matematika Matematika 6 sinf 2013 M.Mirzaahmedov va b. 54 Algebra 7 sinf 2013 SH.Alimov va b. 55 Algebra 8 sinf 2010 SH.Alimov va b. 56 Algebra 9 sinf 2010 SH.Alimov va b. 57 Algebra va matematik analiz asoslari (1, 2 qism) AL-kol 2005 A.Abduxamidov va b. 58 Matematika (1, 2 qism) AL-kol 2004 A.Meliqulov va b. 59 Geometriya 7 sinf 2013 A.Azamov va b. 60 Geometriya 8 sinf 2010 .K 61 Geometriya 9 sinf 2010 B.Haydarov va b. 62 AL-kol 2004 X.Sayfullayeva 63 Fizika Fizika 6 sinf 2013 N.Turdiyev 64 Fizika 7 sinf 2013 P.Xabibullayev va b. 65 Fizika 8 sinf 2010 P.Xabibullayev va b. 66 Fizika 9 sinf 2010 P.Xabibullayev va b. 67 Fizika (1 va 2 qism) AL-kol 2010 A.G‘aniyev va b. 68 Biologiya Botanika 5 sinf 2011 O‘.Pratov va b. 69 Botanika 6 sinf 2013 O‘.Pratov va b. 70 Zoologiya 7 sinf 2013 . 71 Odam va uning salomatligi 8 sinf 2010 B.Aminov va b. 72 Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari 9 sinf 2010 A.Zikiryayev va b. 73 Biologiya AL-kol 2012 A.Gofurov va b. 74 Kimyo Kimyo 7 sinf 2013 I.Asqarov va b. 75 Kimyo 8 sinf 2010 I.Asqarov va b. 76 Kimyo 9 sinf 2010 I.Asqarov va b. 77 Kimyo AL-kol 2005 I.Tirkashev va b 78 Geografiya Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi 5 sinf 2011 P.G‘ulomov va b. 79 Geografiya 6 sinf 2013 A.Soatov va b. 80 Geografiya 7 sinf 2013 P.G‘ulomov va b. 81 Geografiya 8 sinf 2010 P.Musayev va b. 82 Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi 9 sinf 2010 A. Qayumov va b. 83 Qoraqalpog‘iston tabiiy geografiyasi 7 sinf 2005 Jabbarberganov va b. 84 Qoraqalpog‘iston tabiiy geografiyasi 8 sinf 2004, 2008 Ye.Umarov va b. 85 Amaliy geografiya AL-kol 2006 A.Rafiyev va b.
2014-02-21
: 19699
-
Magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlari muhokamasi
Davlat test markazi tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida 588 ta magistratura mutaxassisligi davlat ta'lim standarti muhokamasi tashkil etildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yetakchi ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda oliy ta'lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, kadrlar iste'molchilari vakillari, Davlat test markazi ekspertlari ishtirokida magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida asosiy e'tibor magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlarining jahonning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tadbiq etilgan va xalqaro maydonda hamjamiyat tomonidan tan olingan standartlarga muvofiqligi, ularda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqboli, ilmiy-texnika taraqqiyoti hamda zamonaviy texnologiyalarning qay darajada inobatga olinganligi kabi masalalarga qaratildi.
Shuningdek, davlat ta'lim standartlarining amaldagi huquqiy-me'yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilganligi, ularda xalqapo tajriba, texnika, texnologiyalar, fan pivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablar hisobga olingan holda ilmiy asoslanishi hamda ta'lim turlari va bosqichlari bo‘yicha standartlarning uzviyligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda ularning kompleksligini ta'minlash kabi talablarning inobatga olinganligi keng muhokama qilindi.
2014-02-12
: 3015
-
Ustama haq belgilash uchun otkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi
Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar chet tili o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi.
Test sinovi natijalarini o‘qituvchilar o‘z arizalarini raqamini kiritib, bilishi mumkin.
Test sinovi natijalari bo‘yicha ma'lumotnomalar Davlat test markazida har kuni (shanba va yakshanbadan tashqari) soat 15.00dan 17.00 gacha beriladi.
O‘qituvchilarga test sinovi natijasi bo‘yicha ma'lumotnomalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi. Batafsil...
2014-01-31
: 15627
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq 2013-2014 o‘quv yilida 975 ta maktabgacha va 1861 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Joriy o‘quv yilida attestatsiyadan o‘tkazilib, hujjatlari Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasiga topshirilgan ta'lim muassasalarining attestatsiyaga oid hujjatlari va tuman (shahar) Attestatsiya komissiyalarining xulosalarini taxliliga muvofiq 259 ta umumiy o‘rta va 91 ta maktabgacha ta'lim muassasalari akkreditatsiyalashga tavsiya etildi. Shuningdek, tahlil natijasida, joylarda tashkil etilgan Attestatsiya komissiyalarining mas'uliyatsizligi, attestatsiya jarayoniga yuzaki yondoshuv bilan qaraganliklari aniqlandi, qator hujjatlarni rasmiylashtirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi hamda ta'lim muassasalarining attestatsiyadan o‘tkazishda 2008 yil 14 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1836-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma”ga rioya qilinmaganligi sababli 68 ta umumiy o‘rta va 18 ta maktabgacha ta'lim muassasalari Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan akkreditatsiyalanmadi.
1 ta umumiy o‘rta va 14 ta maktabgacha ta'lim muassasalarining attestatsiyaga oid hujjatlarining taxlili natijasida attestatsiya jarayonida to‘plagan ballari attestatsiya komissiyalari tomonidan noto‘g‘ri hisoblanganligi va mazkur muassasalar amaldagi tartibga muvofiq “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” degan hulosaga tavsiya etilishi aniqlangan.
Akkreditatsiyalanmagan maktablar bo‘yicha joylarda attestatsiya jarayonini belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazish borasida tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari raislari – tuman hokimi o‘rinbosarlari, attestatsiya o‘tkazish uchun mas'ullar, attestatsiya komissiyalari a'zolari va boshqa mutasaddilarga mas'uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi va attestatsiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi haqida, akkreditatsiyalangan va attestatsiyadan shartli o‘tgan ta'lim muassasalarning ro‘yxati Xalq ta'limi vazirligi va mahaliy hokimiyat organlariga yozma ravishda ma'lum qilindi.
2014-01-08
: 4457
-
2013 yilda Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi 16 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 21 ta, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi 1 ta malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazildi.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra quyidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalariga davlat akkreditatsiyasi berildi:
1. A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi K.Ubaydullaev nomidagi Respublika xalq ta'limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
3. Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
4. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi.
5. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Namangan filiali.
6. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Nukus filiali
7. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Buxoro filiali
8. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Termiz filiali
9. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Jizzax filiali.
10. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Samarqand filiali.
11. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Navoiy filiali.
12. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Urganch filiali.
13. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarining malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Andijon filiali
14. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarining malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Qarshi filiali
15. O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarining malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Guliston filiali.
16. Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti.
17. Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish fakulteti
18. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
19. Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi “Respublika oliy va o‘rta tibbiyot o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish markazi.
20. Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi vrachlar malakasini oshirish fakulteti
21. Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot kollejlari pedagoglari malakasini oshirish markazi
22. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
2014-01-07
: 8913
-
Pedagog kadrlar attestatsiyasi va malaka sinovlari otkazilishi belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmalari (hududiy boshqarmalar) huzurida Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligining qo‘shma buyrug‘i bilan Muvofiqlashtiruvchi, hududiy boshqarmalar buyrug‘i bilan tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlari (xalq ta'limi bo‘limi) huzurida va xalq ta'limi bo‘limlari mudiri buyrug‘i bilan davlat umumiy o‘rta ta'lim maktablarida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularning tegishli malaka toifalarini tasdiqlash bo‘yicha attestatsiya komissiyalari tuzildi.
Qo‘shma buyruq bilan oliy va birinchi toifali pedagog kadrlar va shu toifalarga da'vogarlar malaka sinovini o‘tkazish tartibi ham belgilandi.
Mazkur tartib bo‘yicha 9365 nafar oliy va birinchi toifali pedagog kadrlar va shu toifalarga davogarlarning malaka sinovlari 2013 yil 19-22 dekabr kunlari hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan 35 ta hududda o‘tkazilishi belgilandi.
2013-12-17
: 4736
-
Pedagog kadrlar uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tarqatildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlarining 2012-2013 o‘quv yilida attestatsiyadan o‘tgan va tegishli lavozim hamda malaka toifalariga ega bo‘lgan 10326 nafar pedagog kadrlar uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tarqatildi.
Attestatsiyadan uzrli sabablarga ko‘ra o‘tmay qolgan bosh, yetakchi, katta hamda oliy va birinchi malaka toifalariga da'vogar pedagog kadrlar malaka sinovi va attestatsiyasi 2013 yil dekabr va 2014 yil mart oylarida o‘tkazilishi rejalashtirildi.
2013-12-02
: 2717