Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovi otkazildi
2014-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Avariya-tiklash boshqarmasiga qarashli harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirishini yakuniy baholash uchun test sinovlarini o‘tkazildi.
Ishtirok etgan muddatli harbiy xizmatchilardan 86 nafari test sinovi tartibini buzganligi uchun jarayondan chetlatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ta'lim muassasalaridan 684 nafar pedagog xodim auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari, oliy ta'lim muassasalaridan 98 nafar pedagog xodim Davlat test markazi vakillari sifatida jalb etildi. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridan 52 nafar, oliy ta'lim muassasalaridan 3 nafar pedagog xodimlar test sinoviga ishtirok etmadi. 1 nafar DTM vakili va 2 nafar nazoratchi test sinovidan chetlatildi.
Test sinovi natijalarini hisoblash jarayonida tegishli vazirliklar va idoralar vakillari ishtirok etdi. Hisoblangan natijalar viloyatlar bo‘yicha harbiy qismlar kesimida harbiy vakillarga topshirildi.