Uchrashuvlar. Korrupsiyaga qarshi kurash
Davlat test markazida 2015 yil 5 iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminalistika” kafedrasi professori Baxrom Asrorov bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashning muhim ahamiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv mutaxassislarning huquqiy ongini oshirishga, respublikada korrupsiyaga qarshi kurash olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchaga ega bo‘lishga yordam berdi. Uchrashuvda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovi jarayonida uchraydigan muammoli vaziyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqidagi savollar muhokama qilindi.