Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarga test sinovlari otkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–213-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 2017 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Test topshiriqlari - jangovar tayyorgarlik, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik va mantiqiy savollardan iborat.
Axborot xizmati