Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari otkaziladi
2017 yil 28 fevral – 1 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2, 1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun ispan, arab, xitoy tillaridan o’tkaziladi.
28 fevral kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”), - 1 mart kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazildi.
Test sinovlarida 38 nomzod ishtirok etadi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).
Axborot xizmati