To`g`ridan-to`g`ri(maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshiriladigan ta`lim muassasalari ro`yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 173-sonli Qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirildi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati tasdiqlangan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.