Ekspert komissiyalarining navbatdagi yigilishlari va maxsus sinovlar otkazildi
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari va maxsus sinovlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan maxsus sinovlarda 168 nafar talabgor ishtirok etdi.
Maxsus sinov natijalari sinov o‘tkazilgan kuni talabgorlarga e'lon qilindi va ekspert komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Maxsus sinovlardan ijobiy natijaga erishgan talabgorning ta'lim hujjatlari Ekspert komissiyalari tomonidan nostrifikatsiyalashga tavsiya etildi.