λ : Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
 HTTP PROXY,  http://dtm.uz?mod=news&elid=1421855940, - SafeWeber.ru
: 18.05.2017. 23:41.

SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirmoqda

Harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirmoqda

Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik dasturlari o‘zlashtirilganligini yakuniy baholash uchun har bir harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilmoqda. Test sinovlarini 2015 yilning 16 yanvar - 6 fevral kunlari o‘tkazish belgilangan.

Harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik darajasi baholash uchun test savollari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarni tayyorlash dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar qo‘shinlari turlarining jangovar-xizmat vazifalari xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqildi. Mantiqiy testlar esa DTM tomonidan, tegishli vazirlik va idoralarning mas'ul shaxslari ishtirokida ishlab chiqildi.

Muddatli harbiy xizmatchilardan o‘tkaziladigan test sinovlarida test savollarining umumiy soni 80 ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan 40 tasi– jangovar tayyorgarlikka oid, 20 tasi – ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikka oid, 20 tasi – mantiqiy testlardan tashkil topgan. Har bir jangovar tayyorgarlikka oid to‘g‘ri yechilgan test savoli uchun – 1,2 ball, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikka oid to‘g‘ri yechilgan test savoli uchun – 1,1 ball, mantiqiy test uchun – 1 ball qo‘yiladi. Test topshiriqlarini yechish uchun 2 soat beriladi. Javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari o‘tkazish uchun umumiy vaqt 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Davlat test markazida test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan har bir fan bo‘yicha taqdim etilgan test savollari ekspertizadan o‘tkazildi va test savollari bazasi shakllantirildi.  Test topshiruvchilar uchun individual variantda savollar kitoblari chop etildi. Test sinovlarini o‘tkazishda ishtirok etadigan Davlat test markazi vakillari hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari uchun amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ma'lumki, harbiy xizmatchilarga oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 21 noyabrda
2402–raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.

Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berishda  harbiy xizmatchining xizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladi.

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
May 2017
 
DuSeChPaJuShYa
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        
TASHRIFLAR TAHLILI
  www.uz
Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi
 Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI

To`g`ridan to`gri (maxsus sinovlarsiz) Nostrifikatsiyalanadigan OTMlar ro`yxati


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma