Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari otkazildi
2015 yil 27-28 yanvar kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun fransuz tilidan, B2 darajasi uchun nemis tilidan o’tkazildi.
Test sinovlarida 49 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.