Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o€€€tkazildi
2014 yil 16-17 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
16 dekabr kuni test sinovlarining yozma qismi(“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish” ), 17 dekabr kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun turk tilidan o’tkazildi. Test sinovlarida 40 nafar nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.