Pedagog kadrlar attestatsiyasi otkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 11-bandiga asosanxalq ta'limi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 27 yanvarda tasdiqlandi.
Mazkur jadvalga ko‘ra,
Xalq ta'limi tizimidan jami 145250 nafar pedagog kadr attestatsiyaga jalb etiladi (jadval).
O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizmidan jami 36416 nafar pedagog kadr attestatsiyaga jalb etiladi (jadval).
Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Eslatma. Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonining test sinovini o‘tkazish muddatlari oldindan ma'lum qilinadi.
Axborot xizmati