Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga navbatdagi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar uchun test sinovi otkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar uchun navbatdagi test sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.
Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14- yanvardagi “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan jadval bo‘yicha joriy yilning 20-oktabridan boshlab o‘tkazilmoqda.