Oliy talim muassalarida otkazilayotgan attestatsiya jarayonlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan 2015-yil 18-sentyabrda tasdiqlangan 2015–2016-yillarda oliy ta’lim muassasaldarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvaliga asosan 2016-yilning may-iyun oylarida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Soliq akademiyasi, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyalari attestatsiyadan o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarga jami 3514 nafar bakalavriat va magistratura talabalari jalb etildi. Hozirgi paytda o‘tkazilgan test sinovlari natijalarini hisoblash jarayoni ketmoqda.
Axborot xizmati