Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun o'tkazilgan test sinovi natijalari elon qilindi
2014 yil 28-29 oktyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
38 nafar talabgorlardan 19 nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B2 darajasiga 11 nafar, C1 darajasiga 5 nafar,fransuz tili bo’yicha B2 darajasiga 1 nafar, C1 darajasiga 1 nafar, arab tili bo’yicha B2 darajasiga 1 nafar o’qituvchi ijobiy natijaga erishdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.