Apostil
Apostil — hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan Konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr)ga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.
Apostil: chet elda O‘zbekiston Respublikasining elchixonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan hujjatlarga; tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan hujjatlarga; pasportga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.
Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risida ariza;
Ariza beruvchining va hujjat egasining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
Xorijiy davlat — Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat (diplom, shahodatnoma va boshqalar);
Apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat (eng kam ish haqining 10%);
Rasmiy hajjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Jismoniy shaxslar boshqa fuqaroning hujjatlarini topshirishi uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab qilinadi.
Yuridik shaxslar uchun fuqaro bilan imzolangan shartnoma nus’hasi talab qilinadi.
Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati imzo namunasini va apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qo‘yish huquqiga vakolatlarini tasdiqlash va (yoki) hujjat chiqadigan tashkilotning muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo‘lmagan taqdirda hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Imzo namunasini va apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qo‘yish huquqiga vakolatlarini tasdiqlash va (yoki) rasmiy hujjat chiqadigan tashkilot muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo‘lgan taqdirda rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 20 ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Apostil qo‘yish uchun hujjatlar haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10-00 dan 13-00 gacha qabul qilinadi. Tayyor bo‘lgan hujjatlar xaftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 16-30 dan 18-00 gacha ariza bergan shaxslarga qaytarib beriladi.