Diqqat! Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ta'lim tayyorgarlik darajasi monitoringi otkazildi
Joriy yilning 28 may – 19 iyun kunlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim tayyorgarlik darajasi monitoringi o‘tkazildi. Monitoring jarayoni respublikamizning turli hududlarida 14 ta akademik litsey va 98 ta kasb-hunar kollejlarida bo‘lib o‘tdi. Monitoringda 450 nafar o‘qituvchilar va 3000 nafardan ortiq bitiruvchi bosqich o‘quvchilari qatnashdilar. Qur'a tashlash orqali tanlab olingan akademik guruh o‘quvchilari “Ona tili va adabiyoti”, “Matematika”, “Xorijiy til” fanlaridan test sinovlari topshirdilar. Bundan tashqari o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimida ta'lim sifatini va bitiruvchilarning ta'lim tayyorgarlik darajasiga ta'sir qiluvchi omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.