DAVLAT TEST MARKAZIDA APELLYASIYA JARAYONI TUGADI
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari bo‘yicha berilgan murojaatlar 2017 yilning 15 avgust kunidan boshlab 4 sentyabrga qadar test natidalaridan norozi bo‘lgan 4001 nafar abiturientlardan arizalar qabul qilindi.
Arizalar joriy yilning 18 avgust – 18 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 14 avgustdagi 6-son bayoni bilan tasdiqlangan fan ekspert guruhlari a'zolari tomonidan bevosita apellyasiya shikoyatini bergan abiturientlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Ariza bergan jami abiturientlarning 657 nafari apellyasiya jarayoniga kelmadi, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli, apellyasiya arizalari ko‘rib chiqilmadi, 1 nafar abiturient apellyasiya o‘tkazish tartibini buzganligi sababli, jarayondan chetlashtirildi.
Ko‘rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va Davlat komissiyasiga taqdim etildi.
Axborot xizmati