€€€ Áåçîïàñíûé ïðîñìîòð: Yangiliklar | DAVLAT TEST MARKAZI
Áåñïëàòíûé HTTP PROXY, áåñïëàòíûé àíòèâèðñÝòî áåçîïàñíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû http://dtm.uz?mod=news&elid=1359634472, êîòîðàÿ ñîõðàíåíà â êýø-ïàìÿòü SafeWeber.ru
Ïîñëåäíåå îáíîâëåíèå äàííûõ î ñòðàíèöå áûëî: 06.10.2017ã. â 23:02.

Ñïîíñîð ïðîâåðêè SafeWeber:
 
DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Harbiy xizmatdan qaytdim, tavsiyanoma oldim

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1765-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida muddatli harbiy xizmat o‘tash davomida o‘z xizmat burchini vijdonan bajargan, yuqori harbiy tayyorgarlikka erishgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz berish tizimi takomillashtirildi.

2013 yilning 16-19 yanvar kunlari muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi, ma’naviy-ma’rifiy bilim darajasi va mantiqiy fikrlash salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Yuqorida tilga olingan qarorga asosan endilikda muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan fuqarolar 3 ta fan bloki bo‘yicha test sinovini topshiradilar. Bular I-blok: jangovar tayyorgarlik – 40 ta savol,  II-blok: ma’naviy-ma’rifiy – 20 ta savol, III-blok: mantiq – 20 ta savol, jami 80 ta savoldan iborat. Savollar tegishli mutaxassislar tomonidan muddatli harbiy xizmatchining o‘zlashtirgan yillik dasturi asosida tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-sonli qarorining 1-bandi o‘zgartirilib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli taviyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga  kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ldilar hamda harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, ammo ular uchun imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda tanlovdan o‘ta olmagan abiturientlarning respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan. Bunda abiturient tanlagan boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shicha ballni hisobga olgan holda, fanlar bo‘yicha topshirilgan test sinovlari fanlar to‘plami (bloki) va abiturient tomonidan to‘plangan ballarga muvofiq, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi. 

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Oktabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          
TASHRIFLAR TAHLILI
Òîï ðåéòèíã www.uz
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 188
Yakunlangan 167
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 715
Yakunlangan 715
(29.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma