Magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlari muhokamasi
Davlat test markazi tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida 588 ta magistratura mutaxassisligi davlat ta'lim standarti muhokamasi tashkil etildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yetakchi ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda oliy ta'lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, kadrlar iste'molchilari vakillari, Davlat test markazi ekspertlari ishtirokida magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida asosiy e'tibor magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlarining jahonning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tadbiq etilgan va xalqaro maydonda hamjamiyat tomonidan tan olingan standartlarga muvofiqligi, ularda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqboli, ilmiy-texnika taraqqiyoti hamda zamonaviy texnologiyalarning qay darajada inobatga olinganligi kabi masalalarga qaratildi.
Shuningdek, davlat ta'lim standartlarining amaldagi huquqiy-me'yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilganligi, ularda xalqapo tajriba, texnika, texnologiyalar, fan pivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablar hisobga olingan holda ilmiy asoslanishi hamda ta'lim turlari va bosqichlari bo‘yicha standartlarning uzviyligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda ularning kompleksligini ta'minlash kabi talablarning inobatga olinganligi keng muhokama qilindi.