Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari o€€€tkazildi
2013 yil 29-30 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-son qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida ingliz tilidan B2 va C1 darajalari uchun, nemis, fransuz va koreys tillaridan B2 darajasi uchun o’tkazildi. Test sinovlarida 48 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda.