O€€€rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi pedagog xodimlariga malaka toifalari berilmoqda!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tuzilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlariga loyiq deb topilgan pedagog xodimlarga belgilangan namunadagi guvohnomalar berish ishlari yakunlanmoqda.
Sirdaryo, Navoiy, Xorazm va Buxoro viloyatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari tomonidan tayinlagan mas'ul shaxslar pedagog xodimlarga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi (saqlab qolinganligi) to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma olish uchun hujjatlarni taqdim qilishdi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan hududiy boshqarmalarni mas'ul xodimlari tomonidan belgilangan shakldagi guvohnomalarni joylarda 1143 nafar pedagog xodimlar nomiga rasmiylashtirish hamda ularga belgilangan tartibda tarqatish uchun olib ketildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlariga lavozim yoki malaka toifasi berish haqidagi guvohnoma namunasi: