Harbiy qism qo€€€mondonligining tavsiyasiga ega bo€€€lgan abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 205-son qarori ijrosi yuzasidan 2013/2014 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni qabul qilish jarayonini "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida" Nizomga asosan tashkil etish va tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2013 yil 1 iyulda €€€225 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyasiga ega bo‘lgan abiturientlardan hujjatlarni qabul qilishda shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi buyruqqa asosan oliy ta'lim muassasalarining bir ta'lim sohasiga tegishli ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi (1-ilova) hamda ikkinchi oliy ta'lim muassasasi sifatida belgilanishi mumkin bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari (ta'lim yo‘nalishlari) ro‘yxati (2-ilova) Davlat test markazi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.