Pedagog kadrlar uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tarqatildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlarining 2012-2013 o‘quv yilida attestatsiyadan o‘tgan va tegishli lavozim hamda malaka toifalariga ega bo‘lgan 10326 nafar pedagog kadrlar uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tarqatildi.
Attestatsiyadan uzrli sabablarga ko‘ra o‘tmay qolgan bosh, yetakchi, katta hamda oliy va birinchi malaka toifalariga da'vogar pedagog kadrlar malaka sinovi va attestatsiyasi 2013 yil dekabr va 2014 yil mart oylarida o‘tkazilishi rejalashtirildi.