OLIY TA€€€LIM MUASSASALARIGA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATLARIGA O€€€ZGARTIRISH KIRITILDI
Hurmatli abituriyentlar!
Unutmang, 2017 yildan boshlab abiturientlar tomonidan oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi.
Adliya vazirligida 2011 yil 8 iyulda ro‘yxatga olingan va 2016 yil 02 avgust kuni 2242-2 son bilan o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyuldagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra 2017 yildan boshlab abiturientlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15 iyundan 10 iyulgacha qabul qilinadi.
Axborot xizmati