Oliy ta€€€lim muassasalari reytingiga oid
Davlat test markazida oliy ta’lim muassasalarining 2016 yil holati bo’yicha reytingini aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Buning uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, Intelektual mulk agentligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi kabi qator vazirlik va idoralardan hamda reytingi aniqlanayotgan 59 ta oliy ta’lim muassasasidan rasmiy ma’lumotlar olindi. Hozirda ushbu ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan tàhlil qilinmoqda.